Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudda yer bilan bog‘liq ishni ko‘rishda prokuror majburiy ravishda ishtirok etishi belgilab qo‘yiladi
“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun hujjatlariga sudlar tomonidan yer bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish jarayonida prokuror majburiy ravishda ishtirok etishini belgilovchi o‘zgartirishlarni kiritish belgilangan.
Fuqarolik protsessual kodeks, Iqtisodiy protsessual kodeks hamda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga sudlar tomonidan yer bilan bog‘liq ishlarni (aniq toifalarini ko‘rsatgan holda) ko‘rishda prokuror majburiy ishtirok etishini belgilovchi o‘zgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda.
Bunda, yer bilan bog‘liq ishlar mazmuni keng ma’noda tushunilishi, ushbu jumla huquqiy ta’rifi qonunchilikda nazarda tutilmagani sababli, amaliyotda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklar oldini olish maqsadida yuqorida keltirilgan topshiriq mazmunidan kelib chiqib, prokuror ishtirok etishi majburiy bo‘lgan yer bilan bog‘liq ishlar aniq toifalarini ko‘rsatish taklif qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
10:29 / 05.03.2026