Transport vazirligi vakili Murod Obidov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida poytaxt köçalari nima sababdan suvga ğarq bölayotgani böyiça izoh bergandi. Bunga javoban iqlimşunos Erkin Abdulahatov bunday holatda tabiat hodisalarini bahona qilmaslikka çaqirdi.
U özining Telegram-kanalida mas’ulning bunday javobi yuzasidan bir qança muhim savollarni örtaga taşlagan.
«Mas’ul qaysi argumentlarga asosan bu sözni aytgan? «Katta yomğirlar» deganda nimani tuşuniş mumkin? Bu darajada intensiv kuçli yoğinlar bölmagandi deganimi? Bunga yetarliça asoslar bormi? Mazkur fikrni aytiş uçun köp yillik kuzatuvlar asosida çuqur tahliliy işlar amalga oşirilganmi? Ma’lumotlar qaysi manbadan olinib, soliştirilgan?» deydi u.
Şuningdek, Abdulahatov bunda yöl qurilişidagi işlar bir neça bosqiçlarda ketma-ketlikda töğri bajarilmagani, bunga korrupsiya aralaşgani sabab köçalarni suv bosayotganini qayd etgan.
«Yöl qurilişida şunday qoida bor. Yöl qurilişini loyihalaşda yölning topos’yomkasi bilan birgalikda birinçi bosqiçda "ÖzGAŞKLITI" DUKdan joyga ta’sir körsatadigan iqlimiy holatlar, kuçli şamol, kuçli intensiv yoğinlar, haroratning yuqori maksimum va minimum qiymatlari, atmosfera bosimi ta’siri va şu bilan bir qatorda joyda ötmişda kuzatilgan eng kuçli intensiv yoğinlar asosida hosil böluvçi suv oqimining miqdoriy qiymati hisob-kitoblari xulosa körinişida taqdim etiladi. Bu korxonaning gidrologik qidiruv işlari bölimi gidrologlari tomonidan amalga oşiriladi.
Ikkinçi bosqiçda mazkur aniq raqamlar asosida loyiha taşkilotlari yöl, köprik qurilişida yuqori aniqlikdagi hisob-kitoblarni amalga oşirib, joyda yiğilişi mumkin bölgan suv oqimini xavfsiz talafotsiz ötkazib yuborişga qaratilgan drenaj sistemasini (quvur, latok, truba, xandaq, dyuker va hk.) loyihada körsatib ötadi.
Uçinçi bosqiçda mukammal işlab çiqilgan yöl-köprik tuzilma loyihalari quriliş vazirligi huzuridagi









