Iqlimşunos Erkin Abdulahatovning aytişiça, şu kunlarda Toşkentdagi havo ifloslanişida tabiiy emas, balki antropogen omillarning hissasi köproq. “Yirik-yirik şaharlarda inversiya hodisasi köpayib, havoda “smog” böladi. Biz özi “smog”ga töqnaş kelyapmiz”, – deydi u Kun.uzʼga bergan intervyusida. Mutaxassis bu sabab soğliqni saqlaşdagi masalalar davlatga qimmatga tuşişini, çora-tadbirlar töliq bajarilmasa, muammo kamaymasligini aytmoqda.
Toşkent va uning atrofidagi hududlar, qisman vodiy viloyatlari salkam bir haftaki havo ifloslanişidan aziyat çekadi. Holat ayniqsa poytaxt şaharda oğirroq ötmoqda.
Şundan kelib çiqib, şahardagi ekologik vaziyatni yaxşilaş yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça maxsus komissiya tuzildi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Iqlimşunos Erkin Abdulahatov farmon ilmiy asoslarga tayanilgan holda işlab çiqilganini, undagi vazifalarni bajarişni keçiktirib bölmasligini, bu davlatga qimmatga tuşişini aytmoqda. Mutaxassis Kun.uzʼga bergan intervyusida farmon doirasida nimalar qilinişini, uning ortidan qanday natija bölişini batafsil tuşuntirib berdi. Quyida intervyuning matni keltiriladi.
Şu kunlarda Toşkentni qaysi manbalar ifloslantirmoqda?
Toşkent tarixida 170 yillikdagi eng quruq ikkinçi yil hozir kuzatilyapti. Birinçisi – 1917 yilda kuzatilgan. Ya’ni öşa paytda qahatçilik, oçarçilik bölgan, hattoki qurğoqçilik effekti sabablari ham aytiladi. Endi boşqa omillar ham bor. Ya’ni bunaqa kam yoğin kuzatilgan paytda, umuman bizning mintaqada, çöl hududlarida tuproq namgarçiligining qoçişi mayda zarraçalarning havoga kötarilişiga moyil qilib qöyadi. Mana şuning orqasidan biz muttasil mana şu mavsumda çang-ğuborli havoga töqnaş kelyapmiz. Ya’ni bu tabiiy omil deyiladi.
Lekin tabiiy çanglar ötmişda ham köp bölgan va bu darajada inson salomatligiga ta’sir körsatmagan. Oxirgi paytda aholining noroziliklari: çangning közni yoşlantiruvçi, hattoki öpka, tomoqda qiçiş hosil qilişi yoki boşni oğritişi, hattoki uyqularining buzilişi – boşqa-boşqa har xil muammolar antropogen omillarga yetaklaydi va ayni bu masalalar yirik şaharlarga xos. Ya’ni poytaxt bilan soliştiradigan bölsangiz, xuddi şunaqangi manzara. Sun’iy yöldoşdan köradigan bölsangiz, janubiy tumanlarida: Böka, Bekobod yoki Yangiyölda böladigan bölsa, lekin poytaxt içida xuddi inson qanaqadir bosim ostida yurgandek böladi.
Bu antropogen sabablar, ya’ni inson omili natijasida havoga çiqayotgan taşlamalar sabab yuzaga kelmoqda. Bular agar muttasil davom etadigan bölsa, zaharli moddalar deyiladi. Ya’ni kişilarda zaharlaniş yuzaga kelişi mumkin. Özidan karbonat angidrid gazining konsentratsiyasini keltirib çiqarib, sekin is gaziga ham aylanişi mumkin. Mana şunaqangi jarayonga asta-sekin poytaxt kirib borayotgan edi.
Endi buning uçun öşa antitsiklon jarayoni, ya’ni quruq ob-havo şaroitida mintaqada yangi söz paydo böldi: inversiya. Inversiya hodisasi. Juda ham köp. Bu inversiya özi nima? Öşa quruq havo şakllanganda, quyoş çiqqanida, keçqurun yer sirti soviydi va quyoş çiqqanda zudlik bilan yuqorini isitiş hisobiga pastki va yuqorida harorat bir xil böladi. Bu odatda qiş oylarida böladi va bu paytda sovuq havo qamalib qoladi, ya’ni bosilib qoladi.
Mana şu paytda yirik şaharlarda işga boriş va işdan qaytişda avtomobil haddan taşqari köp harakatlanadi. Tirbandliklar böladi va mana şu tört soatlikda mayda zarraça şamol omili, ya’ni avtomobil keltirib çiqarayotgan kiçik tezlikdagi mayda şamol hisobiga havoga kötariladi. Şu paytda biz odatda reytingda birinçi öringa kötarilamiz.
Buning uçun yo qanaqadir şamol esişi kerak, poytaxtdan şamol esib çangni olib ketişi kerak yoki yomğir yoğişi kerak. Masalan, ötgan kuzlarda har 5-10 kunlikda bitta yomğir yoğgan. Oktyabr-noyabr oylarida, masalan, poytaxtda körpa misol yerga bosuvçi yomğirlar bölgan. Bu yil öşa yöq. Şuning hisobiga çang çiqib keta olmayapti, ya’ni kuçli şamollar ham esayotgani yöq. Eslaysizmi, masalan, oxirgi bir-ikki oylikda, uç oylikda bir 10 m/s, ya’ni daraxtlarni sindiruvçi şamol bölmadi, özi kuz oylarida daraxtlarni sindiruvçi şamol bölişi kerak, bölgan oldindan. Lekin şu şamolning özi ham yöq-da. Demak, şahar atrofi yoki şahar içidagi yiğilayotgan mayda zarraçalarni hozir taşqariga olib ketadigan omil yöq.
Buning ustiga, poytaxt atrofida issiqxonalarni biz rejalaştirdik. Yana undan taşqari Qozoğistonda, biz bilan çegaradoş hududlarda haddan taşqari köp issiqxonalar işlayapti, potirlatib kömir yoqişyapti. Gaz resurslari bilan ularda imkoniyat yöq, ularda kömir juda ham arzon. Şuning hisobiga qöşni Qozoğistonning mörisidan çiqayotgan qora tutunlarni ham sun’iy yöldoşda köryapmiz, töğridan töğri Toşkentga ta’sir körsatyapti. Va özimizning 3 000 ga yaqin bölgan issiqxonalar ham ta’sir körsatib, kömir yonişi natijasida yuzaga keladigan narsa juda ham xavfli hisoblanadi. Zararli va asosiy kişilarda öşa muammolar keltirib çiqarayotgan, köp savol berilayotgan omil aslida mana şular.
Farmon bilan nimalar qilinadi?
Prezidentning 229-sonli farmoni çiqdi va unga 20 ga yaqin takliflar kiritildi. Umumiy vaziyatlardan kelib çiqib, quriliş, energetika, transport, maişiy xizmatlar tarmoqlarini hisobga olib va tabiiy, ya’ni öşa Qozoğiston hududlaridan kirib kelayotgan çang havolarini, bizning Toşkentga kirib kelayotgan hamma nimalarni hisobga olib turib, öşa PM2,5 keltirib çiqarayotgan manba oqibatlariga qarşi farmonda bitta-bittalab çora körsatilyapti.
Masalan, muntazam ravişda quriliş obektlarida suv sepiş nazarda tutilyapti. Hozir yana huquq osti hujjatlari çiqadi. Bularning masalalari körilyapti. Biz şamol koridorlarini yöqotib qöydik, palapartiş quriliş böldi. Oldinlari poytaxtga asosan şimoliy-ğarbdan, şimoldan, şimoliy-şarqdan şamollar esar edi va töğridan töğri poytaxtda yiğilgan iflos moddalarni Yangiyöl, umuman çöl hududlariga olib ketar edi. Endi hozir şamol gulini yöqotib qöydik, ya’ni qurilişlar palapartiş qurildi. Pastda esuvçi, 40–30 metr pastda esuvçi şamollarning kuçini yöqotiş hisobiga endi boşqa hududlardan şamol esib kelyapti. Umuman, poytaxt şunaqangi bir lokatsiyaga aylandiki, sönggi yillarda hamma tomondan esadigan bölib qoldi. Şuni hisobga olib turib, farmonda ilmiy-tekşiriş institutlariga topşiriq berilyapti.
Endi şamollar xuddi mana şunaqangi şaroit kuzatilgan qaysidir şaharlarda, masalan, Xitoy, Avstraliya şaharlarida bölgan ekan va ular öşa konveksiya degan usuldan foydalanişgan. Köpçilik hozir sun’iy yomğirdan umid qilyapti. Sun’iy yomğir qimmat, uning ustiga doim özining samarasini bermaydi. Ya’ni sun’iy yomğir bilan bitta yoğdirib tuşirasiz, ya’ni loy yomğir yoğib, boşqa böladi. U juda katta, xuddi bir ariqlarda suv oqadigan darajada, biz unaqa texnologiyalarni qöllay olmaymiz. Şuning hisobiga yana kötarilişi mumkin. Çunki yana inversiya böladi. Şuning uçun eng yaxşi yöli bu konveksiya usuli deyiladi. Toşkentga yaqinroq bölgan toğoldi hududlarida havo toza böladi. Böstonliqqa çiqsangiz, pastdan qarasangiz, xuddi Toşkentda şu jigarrang, qora, kulrang rangli “smog”ni körasiz.
Agar teleminoraning ustiga çiqib qarasangiz, 340 metr yuqorisida havo top-toza. Pastda 20 barobar ifloslaniş, yuqorida top-toza, xuddi Şveytsariya havosi bölib turadi. Çunki bizda teleminorada har 60 metrda datçiklarimiz bor. Örganyapmiz, körinyapti hammasi. Şuni hisobga olib turib, toğli hududlarimizda biz bulutni hosil qiladigan bölsak, bu mumkin, lekin yomğir yoğdira olmaymiz, bulut ostida özi şamol paydo böladi, özi bulutosti şamol deyiladi. Öşa şamol orqali poytaxtga siz bosimni bersangiz böladi. Bu konveksiya usuli deyiladi. Xitoy, hattoki Avstraliya ham qöllagan. Biz ham şuni qöllab körmoqçimiz. Farmonda yozib qöyilgan, buni endi ilmiy-tadqiqot institutlarining ikki yillik tajribasi asosida körib çiqişadi. Bu bittasi.
Ikkinçisi – konvergen va ventur usullarining quriliş sektoriga ta’siri. Bu şamol koridorlarini hosil qiliş. Ya’ni endi şamol esmayapti, 0 metr, hozir mana şunaqa paytda 0 metr, yarim m/s şamol bölyapti. Biz özi şunaqangi iflos paytlarda 2 m/s şamolga ham zör bölib qolamiz. Qani endi 2 m/s şamol essa-yu, bizning öşa poytaxtda yiğilgan iflos moddalarni olib ketsa, deb qolamiz. Şuning hisobiga endi bu oldinlari bölgan. Masalan, bundan 100 yil oldin öşa qurilişlarimiz şamolning yölini tösmaydigan darajada bir qavat yoki ikki qavat bölgan. Hattoki ötgan asrdagi boş rejada ham şamol koridorlari uçun yöllar qoldirib ketilgan. Şamol kirib poytaxtdan barça mayda zarraçalarni olib çiqib ketadigan bölgan. Endi hozir umuman bu tartib buzilgan.
Şuning hisobiga endi biz mavjud bölgan infratuzilmani yöqotmasdan, buzmasdan turib, bor imkoniyatlardan foydalanamiz. Ya’ni şamol tezligini kuçaytiramiz. Şu masalada ham ilmiy-tadqiqot institutlariga topşiriq berilyapti, örganilyapti. Biz hozir ötgan asrdagi şamol guli ma’lumoti asosida quriliş qilyapmiz, şamol guli unaqa emas aslida. Sönggi beş yillikni köradigan bölsangiz ham, boşqa gap. Endi qurilişning fasad qismida kam tejovçi elektr energiyasini hisobga olib turib turli xil aerodinamik, şamolni kuçaytiruvçi arxitektura yeçimlari körsatib ötib ketilyapti. Bu ham yaxşi. Xuddiki, masalan, Özbekiston mehmonxonasi, Milliy universitet rektorat binosi yoki Politexnika institutiga – bu sovet davrida qurilgan hammasi – borsangiz, tabiiy konditsioner bor. Içkarida yoz issiğida konditsioner yoqmasangiz ham muzdek şabada esib turadi. Ana şu öşa bino-inşootining taşqi qismidagi aerodinamik arxitektura yeçimi orqali hal etilgan. Şuning hisobiga biz ham şunga ötyapmiz va bu biroz bölsa-da şamol tezligini kuçaytirişi mumkin bölgan mezon ekan. Bu körsatib ötilyapti.
Va eng asosiysi, Suv xöjaligi vazirligiga topşiriq berilgan. Oldinlari poytaxtda suv obektlari bölar edi. Komsomol, Kun.uz studiyasiga yaqin bölgan Milliy boğ hududida ham bundan 20–30 yil oldin juda katta suv obekti bölgan va bu “şahar öpkasi” deyilgan. Mana şunaqangi suv obektlari ötmişdagi boş rejada ham, öşa 1937 yilda işlab çiqilgan boş rejada ham hududlarda köp-köp sun’iy suv obektlari qoldirib ketilgan. Sun’iy suv obektlari ham şamol çaqiruvçi va undan taşqari kislorod köpaytiruvçi, havoda mayda dispers zarraçalar kamroq bölişini ta’minlovçi bir asosiy manba hisoblanadi va farmonda körsatilyapti, poytaxtning törtta burçagida uçtadan nuqtada, demak, umumiy 12 ta böladi, katta-katta suv obektlarini Suv xöjaligi vazirligi topib, yer topib, sun’iy köllarni yaratiş masalasi körsatilyapti. Bu juda ham kerakli.
Va eng asosiy mezon bu yaşillaştiriş. Endi köp aytilyapti. Poytaxt içida 33 kilometrga yaşil yölak, ya’ni xuddi şamol koridorini hosil qiladigan yaşil yölak va Qozoğistondan kirib keladigan, böş hududlarda ham yaşil qoplamalar, ya’ni yaşil belboğlar taşkil etiş masalalari farmonda körsatilyapti.
Undan taşqari, avtomobil sektoriga e’tibor berilyapti. Şunda ham biz köp 80 benzindan voz keçiş masalalarini gapiryapmiz va avtomobil sektorida ham öşa oğir yuk taşuvçi, favqulodda ifloslaniş yuz bergan paytlarda şahar içiga katta yuk maşinalarini kiritmaslik va hattoki asosiy davlat taşkilotida işlaydigan xodimlarni jamoat transportida harakatlanişi birinçi örinda va keyin sekin-asta, mana şunaqangi favqulodda holatlarda, ya’ni havo ifloslanişi kuçli bölganda, xuddi karantin davridagiga öxşagan mana şu yeçimlar körib ötilyapti.
Va yana bitta eng asosiysi, har kimning uy şaroitida ham eng havosi toza joy bu oşxona hisoblanadi. Çunki suv qaynaydi, öşa joyda ovqat pişirasiz. Ya’ni mayda zarraçalarni suv buğlari yutadi. Şuni hisobga olib turib, endi sovet davrida ham körişgan mana şu mexanizmni, yöl çetlarida fontanlar, favvoralar taşkil etiş masalalari hozir mana şu farmonda ham körsatilyapti. Endi Toşkentning juda ham köplab hududlarida favvoralarini köramiz. Favvoralar juda ham kerak. Şaharni toza saqlovçi, şaharda kislorod köpaytiruvçi, şaharda öşa issiq yoz oylarida ham öşa favvoralar insonlarga hattoki konditsioner bera olmagan bir sovuqlikni beradi. Şunaqangi bir komfort, yaxşi estetik salqinlanadigan bir vaziyati böladi va mana şunaqangi narsa köpayişini biz hozir köryapmiz, farmonda körsatilyapti.
Undan taşqari, quriliş sektorida, endi quriliş obektlarining 25 foiz qismida umumiy yaşillikni taşkil etiş – özi şundoq ham bunaqangi huquqiy hujjatimiz bor, lekin sönggi paytlarda biz boş rejalarida ham, master rejalarda ham köramiz, lekin amalda kelganda öşa daraxt ham bölmaydi, öşa yaşil qoplamalari bölmaydi, xuddi çölday bölib turadi. Mana şu masalalar hozir körib ötilyapti.
Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.











