O‘zbekiston | 15:15 / 08.11.2022
4389
2 daqiqa o‘qiladi

“Bir kunda poyezd yo‘lovchilaridan 15ga yaqin bemorlardan murojaat tushadi” – vokzaldagi tibbiy punkt mudirasi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ga qarashli Samarqand temiryo‘l vokzali sog‘liqni saqlash punktida bir sutkada har bir reysdan oldin va keyin 60 nafar poyezd mashinist va mashinist yordamchilari ambulator tekshiruvlardan o‘tkaziladi.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Tibbiy punkt mudirasi Ra’no Ashurovaning Toshkent tibbiyot akademiyasi axborot xizmati bilan suhbatda ma’lum qilishicha, ambulator tekshiruvlardan tashqari bu yerga har kuni kamida 15 nafarga yaqin poyezd yo‘lovchilarining salomatliklari bilan bog‘liq chaqiruvlar tushadi.

“Bunday tibbiy ko‘riklarni tashkillashtirishdan maqsad temiryo‘llar orqali ketayotgan yo‘lovchilar va yuk poyezdlar xavfsizligini ta’minlash hamda temiryo‘l transporti xodimlarining sog‘ligini himoya qilishdan iborat.

Yaqinda o‘tkazilgan reys oldi tekshiruvda yo‘lovchi poyezd mashinistida yuqori tana harorati aniqlanib, darhol temiryo‘l kasalxonasiga yotqizildi. Ko‘rsatilgan tezkor tibbiy xizmat sabab bemor mashinist vaqtinchalik reysdan chetlashtirildi. Bu tadbirning yo‘lovchilar sog‘ligini muhofazalashdagi ahamiyati katta.

Bu holat yo‘lovchilar bilan ham kuzatiladi. Yaqinda poyezd yo‘lovchilaridan biri o‘tkir qorin sindromidan shikoyat qildi. Punkt xodimlarining  bemorga o‘z vaqtida tibbiy tez yordam ko‘rsatilishi natijasida ko‘richak olib tashlanib, bir yosh yo‘lovchi yigitning hayoti saqlab qolindi”, - dedi mudira.

Ta’kidlanishicha, tibbiy punktda chet el fuqarolariga ham samarali tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Samarqandda o‘tkazilgan tadbirga tashrif buyurgan amerikalik mehmon 45 yoshli Mateo ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammoga duch kelgan va mazkur muassasadagi tibbiyot xodimlarining xizmatidan mamnun bo‘lgan.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid