Özbekiston – Budapeştning Markaziy Osiyodagi, ayniqsa, Vengriya kuzatuvçi mamlakat sifatida iştirok etayotgan Turkiy kengaşdagi muhim şerigi hamda Yevropadagi özaro manfaatli hamkorlik aloqalari rivojlanib kelayotgan döst davlatlardan biri hisoblanadi. Ikki davlat örtasidagi siyosiy-diplomatik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar munosabatlar muntazamlik kasb etib, uning rivojlanib borayotganligi kuzatilmoqda. Şubhasiz, Vengriya boş vazirining Turkiy davlatlar taşkiloti Samarqand sammitida iştirok etişi ikki tomonlama va köp tomonlama aloqalarning yangi qirralarini oçişga hamda anjumanning samarali ötişida muhim strategik ahamiyat kasb etadi. Ikki tomonlama va Turkiy davlatlar taşkilotidagi özaro aloqalarning şakllanişi va rivojlanişini hamda istiqbolini  bir qança omillar belgilab bermoqda.

Birinçidan,  Vengriya 1991 yil 26 dekabr kuni Özbekistonning mustaqilligini tan olgan va mamlakatimizning Yevropa yönalişidagi vaqt sinovidan ötgan işonçli şeriklaridan biri hisoblanadi. Ikki davlat örtasida diplomatik aloqalar 1992 yil 3 mart kuni örnatilgan. Özaro aloqalarning rivojlanişiga 1997 yilda Vengriya prezidentining Özbekistonga taşrifi muhim ahamiyat kasb etgan bölsa, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Vengriya Boş vaziri Viktor Orbanning 2019 yil 15 oktabr kuni Boku şahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi sammiti doirasidagi samarali uçraşuvi taşkilot doirasidagi özaro muloqotga va munosabatlarda yangi davrni boşlab berdi. Joriy yildagi davlatimiz rahbarining Vengriyaga rasmiy taşrifi özaro aloqalarni zamonaviy şaroitlarga mos strategik şerikçilik bosqiçga olib çiqişga yangi imkoniyatlar yaratdi.

Ikkinçidan, strategik şerikçilikda yangi tendensiyalar vujudga keldi. Oliy va yuqori darajalarda doimiy siyosiy muloqotlar olib borilmoqda. Özaro munosabatlarning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi hamda parlamentlararo hamkorlik yölga qöyildi. Bu borada, ustuvor yönaliş sifatida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, qişloq xöjaligi, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş, farmatsevtika, agrosanoat majmui, maşinasozlik, suvni tejaş va boşqa yönalişlarda sanoat kooperatsiyasini çuqurlaştirişga qaratilgan qöşma loyiha va dasturlar amalga oşirişga kirişildi. Şuningdek yangi yönaliş sifatida atom energetikasi böyiça keng qamrovli hamkorlik dasturini yölga qöyayotgani alohida ahamiyatga ega bölmoqda. Şuningdek, xududlararo hamkorlikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Özbekistonning Toşkent, Navoiy va Jizzax viloyatlari hamda Vengriyaning Peşten, Vesprem va Feyyer viloyatlari hokimliklari rahbarlarining örinbosarlari rahbarligida doimiy faoliyat yurituvçi işçi guruhlar taşkil etilmoqda.

 Ikkinçidan, davlatlararo, ikki davlatning mintaqaviy munosabatlarida faollik va mas’uliyatlilik hamda iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişda öxşaşlik va yaqinlik muhim rol öynamoqda. Jumladan, Özbekiston oxirgi yillarda Markaziy Osiyoda iqtisodiy jarayonlarni harakatga keltiruvçi kuçga aylanib bormoqda. Vengriya esa demokratik qadriyatlari hamda geosiyosiy joylaşuvi va geoiqtisodiy salohiyati, aholining bilim darajasi yuqoriligi, zamonaviy infrastruktura va faol taşqi iqtisodiy diplomatiya olib boryapti. Ayniqsa zamonaviy iqtisodiy siyosat tajribasi  işsizlikning oldini olişga samaradorligi bilan faxrlanadi. Masalan, 2010 yilda Vengriya juda qiyin iqtisodiy ahvolda bölgan: işsizlik 12,5 foiz, 10 mln aholidan 1,8 mln soliq tölanarkan. Hozir esa işsizlik 3,5 foiz, 4,5 mlnga yaqin odam soliq tölaydi, bu esa budjet tuşumi köpayişiga va öz örnida ijtimoiy himoya borasida davlat taşabbuskorligiga keng imkoniyatlar oçib berdi. Yana bir jihati şundaki,  Vengriya texnologik jihatdan rivojlangan bölib, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalana oliş tajribasi yuqori darajada. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ham pragmatik yondaşuvni amalga oşirib kelmoqda. Vengriya Yevropa Ittifoqida birinçi bölib Xitoyning “Bir makon, bir yöl” loyihasiga qöşilgan.

Uçinçidan, ikki davlatning ham Turkiy davlatlar taşkilotida köp tomonlama muloqotda öziga xos mavqega va rivojlaniş istiqbollariga egaligi, mintaqa  muammolarini kun tartibiga aylantiriş böyiça pragmatik va konstruktiv yondaşuv hamda taşabbuskorlik kuzatilmoqda. Vengriyaning Turkiy davlatlar taşkilotidagi faoliyatida Osiyoga yönalişi oşib borayotganligini, Şarq va Ğarb örtasida köprik bölişidagi harakatini kuzatiş mumkin. Bu borada Vengriya va Özbekiston örtasidagi va TDT doirasidagi hamkorlik munosabatlari ham xuddi şunday ruhda rivojlanmoqda.

Törtinçidan, Vengriya – Yevropaning eng tez ösib borayotgan iqtisodiyotlaridan biri, qişloq xöjaligi, savdo, turizm, moliya va axborot texnologiyalari sohalarida ulkan salohiyatga ega davlat. Budapeşt asosiy e’tiborni milliy işlab çiqaruvçilarga va ularni globallaşuvdan öziga bozor quriş uçun foydalangan yirik korporatsiyalar manfaatiga zid ravişda qöllab-quvvatlaşga qaratyapti. Öz navbatida bu siyosat Vengriyaning iqtisodiy jihatdan özini özi ta’minlaşi va Yevropa Ittifoqidagi qöşnilariga nisbatan farqlanişiga xalqaro maydonda özaro hamkorlik qiliş uçun köproq imkoniyatlarni saqlab qolmoqda.

Beşinçidan, Vengriya mustaqil taşqi siyosat yuritayotgan kam sonli davlatlardan biri, buning dalili ham possovet davlatlari bilan hamkorlik, ham Turkiy tilli davlatlar taşkilotida kuzatuvçi maqomidir, Vengriya Yevropa Ittifoqida qadriyatlar va iqtisodiy mavqei masalalarida ham alohida örin  egallaydi. Iqtisodiy modeli jihatidan Vengriya qöşnilaridan juda farq qiladi. Viktor Orban hokimiyat tepasiga kelganida, globallaşuv formati va Vengriyaning globallaşuvdagi iştiroki qayta körib çiqildi.

Oltinçidan, ikki davlat madaniy gumanitar sohadagi hamkorlikda mamlakatlar olimlari ikki davlat tarixi va madaniyatini örganiş böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini olib borişda yaqindan hamkorlik qilmoqda. Ta’lim sohasi  özaro aloqalarining istiqbolli yönalişi sifatida rivojlanmoqda. Bugungi kunda uşbu mamlakat ta’lim muassasalarida Özbekiston fuqarolari ham tahsil olyapti. Vengriya oliy öquv yurtlarida öqiş uçun qöşimça kvotalar ajratildi, jumladan Vengriya hukumatining «Stipendium Hungaricum» stipendiya dasturi doirasida Özbekiston va Vengriyaning yetakçi ta’lim muassasalarini jalb etgan holda qöşma ta’lim dasturlari işlab çiqildi, şuningdek, davlatlarning universitetlari orasida aloqalar şakllanib bormoqda. Mamlakatlar şaharlari örtasida töğridan töğri aloqalar örnatişga ahamiyat berilmoqda. Xususan, Toşkent va Budapeşt, Farğona viloyati va Dabaş şahrini şeriklik munosabatlari boğlab turibdi.

Şunday qilib, bugungi kunda ikki tomonlama va Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi turli darajalardagi muloqotlar faollaşdi, strategik şeriklik darajasiga olib borilmoqda. Istiqbolda, ikki davlat mintaqaviy taşkilotlardagi iştirokining zamonaviy ijobiy tajribasi TDT doirasida özaro muloqotni va pragmatik fikr almaşişni kuçaytiriş asosida strategiyalar va yirik loyihalar işlab çiqiş uçun ham muhim ahamiyatga ega böladi. Şuningdek, umumiy manfaatlarni himoya qilişda jamoaviy yondaşuv ijobiy natijalarga olib keladi. Ikki tomonlama hamkorlikda  ayniqsa iqtisodiy, innovatsion-texnologik sohalarda raqobatbardoş ustunliklarga ega bölişlariga imkon beradi hamda ta’lim va inson kapitalini rivojlantiriş, raqamlaştiriş va ilğor texnologiyalardan foydalanişning dolzarb mavzulari, suv resurslarini boşqariş, farmatsevtika, bio va atom texnologiyalari sohasidagi özaro aloqalarning öziga xos yangi yönalişlari paydo bölişiga olib kelişi mumkin.

S.A.Jörayev
Toşkent davlat Şarqşunoslik universiteti
professori, siyosatşunoslik fanlari doktori