Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv va salqin ichimliklarni bosqichma-bosqich raqamli markirovkalash joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining «Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi «Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori bilan Asl belgisi mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi joriy qilindi.
Hujjat bilan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2023–2024 yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilish nazarda tutilgan.
Bunda majburiy raqamli markirovkalashni boshlash quyidagi muddatlari belgilandi: achitilmagan va tarkibiga spirt qo‘shilmagan, shakar yoki boshqa shirinlik qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan meva sharbatlari (uzum shirasi mustasno) va sabzavot sharbatlari, gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklar – 2023 yil 1 iyuldan boshlab; metall, shu jumladan, alyumin idishdagi suv va salqin ichimliklar – 2024 yil 1 avgustdan boshlab.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- majburiy raqamli markirovkalanadigan suv va salqin ichimliklar identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
- suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafiklari;
- suv va salqin ichimliklarni ulgurji va chakana savdo tashkilotlari tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish grafigi;
- suv va salqin ichimliklarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash xususiyatlari to‘g‘risidagi nizom.
Operator markirovka kodlarini mazkur mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga va import qiluvchilarga tegishli buyurtma asosida taqdim etadi.
PET qadoqlarida 0,5 litr va undan oshmagan holda ishlab chiqarilgan gazlanmagan suvlarni majburiy raqamli markirovkalashda raqamli markirovka kodlari operator tomonidan bepul taqdim etiladi.
2023 yil 1 iyuldan boshlab suv va salqin ichimliklarni import qiluvchilar zimmasiga bojxona yuk deklaratsiyasida import qilinadigan mahsulotlar bo‘yicha agregatsiyalangan import kodini aks ettirish majburiyati yuklanadi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026