O‘zbekiston | 10:11 / 17.11.2022
4806
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Arab va musulmon mamlakatlari parlamentlari ayol yetakchilari birinchi forumi o‘tkaziladi

Sharm ash-Shayx shahrida o‘tayotgan BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilari 27-konferensiyasida ishtirok etish uchun Misrda bo‘lib turgan Senat raisi Tanzila Norboyeva Qohira shahrida Misr Senati raisi Abdulvahob Abdurroziq bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Unda ikki tomonlama aloqalarga doir bir qator masalalar, savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar hamda parlament yo‘nalishida faol hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Abdulvahob Abdurroziq keyingi yillarda o‘zaro aloqalar yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarilgani va turli sohalarda katta amaliy natijalarga erishilayotganini qayd etdi. 2023 yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Arab va musulmon mamlakatlari parlamentlari ayol yetakchilari birinchi forumini o‘tkazish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasidagi aloqalar huquqiy bazasini mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish muhimligi qayd etildi. Muloqotda aholi ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari, ayollar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi ikki mamlakatda ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid