Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston parlamenti delegatsiyasi Serbiya xalq yiğini taklifiga binoan rasmiy taşrif bilan Belgrad şahrida bölib turibdi.
Taşrif doirasida delegatsiya Parlamentlararo ittifoqning Ayol parlamentariylar global konferensiyasida iştirok etdi. Tadbirda 65 davlatdan 400 dan ortiq delegat, parlament vakillari, xalqaro taşkilotlar hamda ekspertlar qatnaşdi.
Konferensiyani Parlamentlararo ittifoq prezidenti Tuliya Ekson oçib berib, ayollar huquq va manfaatlarini himoya qiliş masalasi bugun ham dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Anjumanning asosiy maqsadi gender tenglikni ta’minlaş, ayollarning siyosiy qarorlar qabul qilişdagi iştirokini kengaytiriş hamda parlamentlar örtasida tajriba almaşişni rivojlantirişdan iborat böldi.
«Tenglikni tarğib qiliş: gender stereotiplari va salbiy ijtimoiy normalarni yengib ötiş» mavzusidagi sessiyada sözga çiqqan Tanzila Norboyeva Özbekistonda gender tenglikni ta’minlaş yönalişida amalga oşirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Anjumanda Özbekistonda gender tenglik sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotgani ta’kidlandi. Xususan, parlamentdagi ayollar uluşi 38 foizga yetgani, şuningdek, mamlakat Parlamentlararo ittifoq reytingida 92 poğonaga kötarilib, dunyoda 36-örinni egallagani qayd etildi.
Tadbir davomida parlamentlar örtasida gender tenglikni ta’minlaşga qaratilgan qonunçilik tajribasini almaşiş va samarali mexanizmlarni joriy etiş böyiça qator taşabbuslar ilgari surildi.

Şuningdek, iştirokçilarga 2026 yil 4–6 sentabr kunlari Samarqand şahrida Parlamentlararo ittifoqning Yoş parlament a’zolari global konferensiyasi ötkazilişi rejalaştirilayotgani haqida ma’lumot berildi.













