O‘zbekiston | 07:12 / 18.11.2022
11819
3 daqiqa o‘qiladi

«Bojxona-servis» davlat muassasasining vazifalari belgilandi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Davlat bojxona qo‘mitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

“Bojxona-servis” davlat muassasasi asosiy vazifalari:

  • davlat tashkilotlari va deklarantlar uchun shartnoma asosida bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarni tuzish, davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etish hamda tovarlarga doir bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish;
  • chegara o‘tkazish punktlarini nazorat-texnik vositalar bilan jihozlash, ularga servis xizmatlar ko‘rsatish va ta’mirlash, ushbu vositalardan foydalanganlik uchun pulli xizmatlar ko‘rsatish;
  • chegara o‘tkazish punktlari va ularga tutash hududlarda avtoturargohlar tashkil etish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;
  • davlat bojxona xizmati organlariga tegishli bo‘lgan bino va omborlarda shartnoma asosida bojxona omborlari faoliyatini tashkil etish, bojxona omborlarida tovarlarni saqlash, yuklash, tushirish xizmatlarini ko‘rsatish hamda boshqa yuk operatsiyalarini amalga oshirish;
  • bojxona nazorati zonasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
  • qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotish (qonunchilik hujjatlarida boshqa davlat organlarga beriladigan mol-mulklar bundan mustasno);
  • shaxs davlat foydasiga voz kechish to‘g‘risidagi qarori asosida olingan tovarlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotilishini tashkil etish va boshqalar).

“Bojxona-servis” davlat muassasasi va uning hududiy bo‘limlari boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 245 nafarni tashkil etadi.

2023 yil 1 aprelga qadar davlat bojxona xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulklarni: elektron savdo platformalari va savdo yarmarkalari orqali sotish amaliyotini joriy etish; sotish uchun autsorsing asosida tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish; qabul qilib olish, saqlash va sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni “onlayn” rejimda monitoring qilish imkonini beruvchi axborot tizimini ishga tushirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid