O‘zbekiston | 09:32 / 19.11.2022
4214
3 daqiqa o‘qiladi

Hukumat Qashqadaryoda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish bo‘yicha yangi qaror qabul qiladi

Foto: Kun.uz

“Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining:

Ichki ishlar vazirligiga qarashli 32 va 33-sonli manzilli koloniyalarga tegishli ko‘p yillardan buyon foydalanilmay kelayotgan 13,8 ming gektar yer maydonlarini Muborak tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish;

ushbu yer maydonlarini tashabbuskor o‘z mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritish maqsadida AGRO TEX KLASTER ZAMIN MChJga Yer kodeksi 24-moddasiga asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun 30 yil muddatga ijaraga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

Quyidagilar:

AGRO TEX KLASTER ZAMIN MChJga Muborak tumani hokimligi zaxirasidan ajratiladigan 11,4 ming gektar, shu jumladan 3,4 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlari konturlar kesimidagi ro‘yxati;

Ichki ishlar vazirligiga qarashli UYa 33-sonli manzilli koloniyaga qoladigan 2,2 ming gektar, shu jumladan 1,5 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlari konturlar kesimidagi ro‘yxati;

AGRO TEX KLASTER ZAMIN MChJ tomonidan 2022-2025 yillarda Muborak tumanida 11,4 ming gektar yer maydonini foydalanishga kiritish uchun amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

AGRO TEX KLASTER ZAMIN MChJ o‘z mablag‘lari hisobidan 2022-2025 yillarda Muborak tumanida 10,7 ming gektar yer maydonlarni, shu jumladan 2022-2025 yillarda 3,4 ming gektar sug‘oriladigan va 2026-2028 yillarda 7,3 ming gektar yaylovlarni foydalanishga kiritish bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

sig‘imi 20 mln metr kubga teng bo‘lgan suv omborini qurish;

suv keltirish uchun 56 km uzunlikda “Xitoy” kanalini rekonstruksiya qilish;

sug‘oriladigan 3,4 ming gektar maydonga to‘liq suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda kelgusida qolgan yaylov yer maydonlarini o‘zlashtirish;

bosh suv olish inshootini rekonstruksiya qilish va gidrotexnik inshootlarni qurish;

uzunligi 42,0 km bo‘lgan kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha jami 93,0 mlrd so‘mlik irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari;

qiymati 15,0 mln AQSh dollarilik har xil turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish, qiymati 2,0 mln dollarlik paxta tozalash va 35,0 mln dollarlik ip-kalava ishlab chiqarish korxonalarini barpo qilish, jami 52,0 mln dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirishi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid