Fransiya O‘zbekistonda muqobil energetika obektlarini qurishi mumkin
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar vaziri Jamshid Xo‘jayev Fransiyaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Alstom kompaniyasi bosh direktori Anri Pupar-Lafarj bilan suhbat chog‘ida shahar jamoat transportini tashkil etish sohasida kompaniya yechimlarini joriy qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv doirasida tomonlar yangi loyihalar texnik-iqtisodiy parametrlarini batafsil ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Voltaliya kompaniyasi bosh ijrochi direktori Sebastyan Klerk bilan O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirishda kompaniya ishtirok etish istiqbollari muhokama qilindi. Muloqot davomida kompaniya butun dunyo bo‘ylab elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bilan birga obektlar ishonchliligi va ish sifati yuqori darajasini ta’minlash bo‘yicha katta tajribasi ta’kidlandi. Kompaniya rahbariyati O‘zbekistonda vakolatxona ochish va muqobil energetika obektlarini qurishga qiziqish bildirdi.
Orano Mining kompaniyasi bosh direktori Nikolya Meys bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar investitsiya hamkorligini kengaytirish holati va istiqbollarini konstruktiv tarzda muhokama qildi. Energetika sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu kompaniya rahbariyati o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Aniq loyihalarni muhokama qilish jarayonida O‘zbekiston tomoni mamlakatda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda investorlarga to‘liq yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024