Koinotning interaktiv xaritasi yaratildi
200 mingta galaktikadan iborat koinotning interaktiv xaritasi yaratildi.
Jons Hopkins universiteti olimlari koinotning bir qismini ko‘rish imkonini beruvchi yangi interaktiv xarita yaratdilar.
Mualliflar Sloan Digital Sky Survey teleskopi orqali so‘nggi yigirma yil ichida olingan ma’lumotlardan foydalangan. Loyihaning asosiy g‘oyasi jamoatchilikka olamning bir qismi bilan bepul tanishish imkoniyatini berishdan iborat.
Xarita 200 mingta galaktikaning haqiqiy joylashuvi va haqiqiy ranglarini o‘z ichiga oladi, ularning har birida milliardlab yulduzlar va sayyoralar mavjud.
Xaritaning eng pastki qismida Quyosh tizimi joylashgan Somon yo‘lini topish mumkin, yuqori qismida esa koinotning kuzatish mumkin bo‘lgan chegarasi joylashgan.
Shuningdek, xaritada 1,6 milliard yil oldin shakllangan elliptik galaktikalarni, aslida kvazar bo‘lgan ulkan qora tuynuklarni ham tomosha qilish mumkin.
Mavzuga oid
00:17
Astronomlar Somon yo‘li galaktikasi markazida noyob qo‘shaloq yulduz tizimini kashf etdi
17:28 / 03.12.2024
Xitoyda ulkan aylanma radioteleskop qurilishi boshlandi
13:48 / 02.12.2024
Uranda baliq bormi? Olimlar olis sayyorada hayot bo‘lishi mumkinligini aytmoqda
15:49 / 25.11.2024