Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yengil avtomobillarni asosan ikki davlatdan import qilyapti
O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 9332 ta.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 7600 ta hamda 5717 ta yengil avtomobil sotib olingan Koreya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Rossiya – 1443 ta;
- AQSh – 475 ta;
- BAA – 127 ta;
- Yaponiya – 122 ta;
- Germaniya – 111 ta.
Mavzuga oid
11:16 / 15.01.2026
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ortiq o‘sishi kutilmoqda
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
15:49 / 07.01.2026