O‘zbekiston | 10:43 / 23.11.2022
7963
2 daqiqa o‘qiladi

«TTZ»dan «Mashinasozlar» metrosigacha ekspress avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

23 noyabrdan «TTZ» — «Mashinasozlar» metrosigacha ekspress avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi. Bu avtobuslar faqat TTZ bozori, «Buyuk Ipak yo‘li» metrosi, Shifokorlar malakasini oshirish instituti, «Ashxobod» bog‘i bekatlarida to‘xtaydi va «Mashinasozlar» metrosigacha harakatlanadi.

Yo‘l haqi 2 500 so‘mni tashkil etib, yo‘lovchilarga «Mercedes-Benz 5» rusumli 5 ta avtobus xizmat ko‘rsatadi.

Bu turdagi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabarlar 2021 yili e’lon qilingandi. O‘shanda avtobuslarning yo‘lkira narxi 3 ming so‘m etib belgilanishi, qolaversa, 20,5 km masofalik ushbu yo‘nalish 4 ta jadval asosida 23 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanishi aytilgandi.

Bunda avtobuslar Chilonzor buyum bozori avtoshohbekatidan Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Ahmad Donish ko‘chalari orqali Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan Uchqahramon bozori yaqinidan qayrilib, Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yo‘lovchi oqimi gavjum katta oraliq bekatlarda to‘xtab o‘tishi qayd etilgandi.