Kiyev va Moskva maxfiy muzokara o‘tkazgan: unda ammiak va asirlar muhokama qilingan
17 noyabr kuni Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) maxfiy muzokara o‘tkazdi, unda Tolyatti-Odessa ammiak quvurini ishga tushirish masalasi muhokama qilindi.
Urushdan oldin Rossiya ammiak eksportining yarmidan ko‘pi ammiak quvuri orqali o‘tgan, 24 fevraldan beri u ishlamayapti.
Muzokara guruhi tarkibi noma’lum, tomonlar hatto muzokara faktini ham yashirmoqda va tafsilotlarni ochiqlashga tayyor emas.
Reuters manbalari muzokarada qandaydir kelishuvga erishilgani haqida ma’lumotga ega emas. Biroq ikki davlat vakillarining o‘zaro uchrashuvi fakti ijobiy holat, deb qayd etadi agentlik.
Muzokaralar jarayoni haqidagi avvalgi xabarlarda kelishuv yo‘qligi ma’lum qilindi. Ukraina tomoni quvurni ishga tushirish uchun asirlarni «hamma uchun hamma» formulasi bo‘yicha almashtirish zarurligini ta’kidlagan. Rossiya tomoni dastlab bunday pozitsiyaga keskin qarshi edi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu talabni «nomaqbul» deb atagan. «Odamlar va ammiak bir xil narsami?!» degan u sentabr oyida.
Hozir, ehtimol, tomonlarning pozitsiyalari yumshagan bo‘lishi mumkin: Ukraina asirlarni katta miqdorda almashishni talab qilmoqda va Kreml bunday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Buni Vladimir Putinning yaqinda Rossiyaning eng yirik o‘g‘it ishlab chiqaruvchi «Uralxim» kompaniyasi egasi Dmitriy Mazepin bilan uchrashuvi ham tasdiqlaydi. Sanksiya ostidagi milliarder prezidentga G‘arb sanksiyalarining jiddiyligidan shikoyat qilgan. Aynan shu sababli, minglab tonna o‘g‘itlar Yevropa portlarida qolib ketgan.
Shuningdek, Mazepin mashhur ammiak quvuriga alohida e’tibor qaratgan. Tadbirkor so‘zlariga ko‘ra, quvur ishga tushishga tayyor, biroq «Ukraina tomoni bizning qo‘limizdan kelmaydigan bir qator siyosiy masalalarni ilgari surmoqda», degan.
Tolyatti-Odessa ammiak quvuri 1970 yillarda qurilgan. Uning maksimal quvvati yiliga 2,5 million tonna ammiakni tashkil qiladi. Bu 2021 yildagi Rossiya ammiak eksportining taxminan 57 foizini tashkil etadi, qolgan 1,9 million tonna Boltiqbo‘yi portlaridan jo‘natilgan. Rossiya ammiakining asosiy xaridorlari Marokash, Turkiya, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikadagi o‘g‘it ishlab chiqaruvchi zavodlar hisoblanadi. Rossiyaning dunyo ammiak bozoridagi ulushi taxminan 20 foizga, o‘g‘it bozorida esa undan yuqoriroqqa baholanmoqda.
Mavzuga oid
08:56
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
19:14 / 27.12.2024
Ukraina Kursk oblastida ilk marta KXDR askarini asirga oldi - OAV
15:31 / 27.12.2024
Yaponiya RF aktivlari hisobidan Ukrainaga 3 mlrd dollar beradi
14:45 / 26.12.2024