Uning sözlariga köra, bu «qöşinlar va harbiy qismlarni qurol-yaroğ hamda texnika bilan doimiy şay holatda 97 foiz darajada ta’minlaş imkonini beradi», deb vazirning sözlaridan iqtibos keltirgan «Interfaks». 

Ukrainadagi uruş va safarbarlik natijasida, Şoyguning sözlariga köra, «nazorat va ijroning barça darajalarida davlat buyurtmalariga qöyiladigan talablar ortdi».

Ukraina harbiy qömondonligi ma’lumotlariga köra, uruşning töqqiz oyi davomida Rossiya yillik budjet daromadlarining çorak qismini – 82 milliard dollarni sarflab böldi. Buni Ukraina Forbes jurnali hisoblab çiqdi.

Qayd etilişiça, bu miqdor barqaror mudofaa xarajatlari va sanksiyalar natijasida iqtisodiyotdagi yöqotişlarni hisobga olmagan holda Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzni qöllab-quvvatlaş uçun zarur bölgan bevosita xarajatlarni öz içiga oladi. 

Rossiyaning 2021 yilgi budjet daromadlari 340 milliard dollarni taşkil etganligi sababli, «uruş uçun çek»ning joriy miqdori uşbu mamlakat yillik budjetining çorak qismiga teng, deb ta’kidlaydi Forbes. Naşr Kreml uçun «uruş böyiça hisob tölovi» kelgusi yil juda yuqori bölişi mumkinligini ta’kidladi, çunki Rossiyaning harbiy ehtiyojlarini qondiriş uçun öz resurslari tugaydi. 

Naşrning tuşuntirişiça, neft va gaz eksportidan tuşumlar kamayişi, «Şimoliy oqim» orqali yetkazib beriş töxtatilganidan keyin Yevropa Ittifoqi gaz bozorining katta qismi yöqolişi va Rossiya neftiga qarşi dekabrdan kuçga kiradigan sanksiyalar fonida uruşni davom ettiriş uçun Kremlga köproq pul kerak böladi. Tahlilçilarning fikriça, Rossiya uçun uruşga sarflanadigan xarajatlar kuzda ikki barobarga oşgan va hozirda har oy kamida 10 milliard dollarni taşkil etadi. 

Rossiya har bir harbiy xizmatçisiga kuniga örtaça 200 dollar sarflaydi. Harbiy harakatlarda qatnaşgan harbiylarning iş haqining umumiy qiymati safarbarlikdan keyin oyiga taxminan 2,7 milliard dollarni taşkil qiladi. Agar yozda halok bölganlar va yaradorlarga tölanadigan tovon miqdori oyiga 1 milliard dollarga yaqin bölgan bölsa, uruşning sönggi oyida u 3,5 milliard dollardan oşdi. 

Turli hisob-kitoblarga köra, Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda kuniga 10 000 dan 50 000 gaça snaryadlar işlatgan, bu pul bilan ifodalanganda 5,5 milliard dollardan oşadi. Rossiya qöşinlari Ukraina hududiga 4000 dan ortiq raketa uçirdi. Ularning har birining narxi örtaça 3 million dollarni taşkil qiladi. 

Rossiya Ukrainada örtaça 18 million dollarlik 278 ta jangovar samolyotni va örtaça 10,4 million dollarlik 261 ta vertolyotni yöqotdi. Rossiya harbiy aviatsiyasining umumiy yöqotişlari pul körinişida 8 milliard dollarni taşkil qiladi. 

Tahlilçilar hisob-kitoblariga köra, Rossiya Ukrainaga bostirib kirişgaça bölgan davrda zaxirasida turgan deyarli barça tankni yöqotgan (24 fevral holatiga köra, taxminan 3300 ta tankdan 2897 tasi). Hozirda Kreml önlab yillar davomida omborlarda saqlangan va sezilarli modernizatsiya va moliyaviy xarajatlarni talab qiladigan uskunalarni tiklaşga harakat qilmoqda. 

Umuman olganda, Ukrainaga qarşi töqqiz oylik uruşda yöqotilgan barça texnikalar Rossiyaga 20,8 milliard dollarga tuşdi, deya ta’kidlaydi Forbes jurnali.