Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
Boshpananing standart jamlanmasi ikkita moduldan iborat: 54 kishiga mo‘ljallangan xona va texnik blok. Uni oson tashish va mavjud muhandislik tizimlariga ulash mumkin.
Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar muammolari bo‘yicha Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti Rossiyada ilk bor «KUB-M» mobil boshpanalarini seriyali ishlab chiqarish boshlanganini ma’lum qildi. Ishlab chiqarish Nijyegorod oblasti Dzerjinsk shahrida yo‘lga qo‘yilgan.
Tashkilot xabarida aytilishicha, boshpana «fuqarolarni turli tahdidlar, jumladan, tabiiy ofat va texnogen hodisalardan himoya qilishni ta’minlaydi».
Boshpanani yaratganlar 2023 yil dekabrda «KUB-M» «yadro portlashining havo zarbasi to‘lqini va yorug‘lik nurlanishidan 48 soat davomida himoya qilishi»ni ma’lum qilgandi. Shuningdek, u hududga kiruvchi radiatsiya va radioaktiv ifloslanishdan, xavfli kimyoviy moddalar va yong‘inlar himoyalaydi.
Mobil boshpananing standart jamlanmasi ikkita moduldan iborat: 54 kishiga mo‘ljallangan xona va texnik blok. Uning maydonini qo‘shimcha modullar hisobiga kengaytirish mumkin. Ta’kidlanishicha, mazkur boshpanalarni oson tashish va mavjud muhandislik tizimlariga ulash mumkin.
Mavzuga oid
15:06 / 11.02.2026
Yevroparlament boshpana berish bo‘yicha yanada qat’iy qoidalarni ma’qulladi
21:03 / 05.02.2026
2025 yilda 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘radi
23:25 / 31.01.2026
Tehronda 2,5 mln kishini sig‘dira oladigan bombapanohlar tayyorlanmoqda
13:19 / 05.01.2026