Yyens Stoltenberg alyansning Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyingi dastlabki soatlarda körgan çora-tadbirlari haqida gapirdi va zarur bölganda Ukraina Qurolli kuçlariga harbiy yordam körsatişga va’da berdi.
24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan bir neça soat ötgaç, NATOda şunday holat böyiça işlab çiqilgan mudofaa rejalari amalga oşirildi, minglab harbiy xizmatçilar alyansning şarqiy qanotiga havo va flotdan muhim yordam bilan joylaştirildi. Bu haqda 1 dekabr, payşanba kuni Berlinda NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, bu Moskvaga aniq signal böldi va mojaroning kuçayişiga, ya’ni Ukraina çegaralaridan taşqariga harbiy harakatlar tarqalişining oldini oldi.
Berlin xavfsizlik konferensiyasining (Berlin Security Conference, BSC) yalpi majlisida sözlagan nutqida, u NATO mamlakatlari maxfiy xizmatlari Rossiya agressiyasi boşlanişidan bir neça oy oldin unga tayyorgarlik haqida bilişganini aytdi. «Ammo diplomatik yeçim topişga qaratilgan barça sa’y-harakatlarga qaramay, Putin öz rejalarini amalga oşirişda davom etdi», dedi Stoltenberg.
Uning fikriça, Rossiya yetakçisi ikkita strategik xatoga yöl qöydi: «Birinçi katta strategik xato Putinning Ukrainaning özi kuçini, ukrainaliklar, ukrainalik harbiy xizmatçilar va Ukraina rahbariyatining jasoratini past baholagani bölsa, ikkinçi katta strategik xato esa Putinning NATO, blokdagi ittifoqçilarga yetarliça baho bermagani böldi. Biz birmiz va Ukrainani qöllab-quvvatlaymiz».
Stoltenberg Şimoliy Atlantika alyansining özi mojaro tarafi emasligini, uning harbiy xizmatçilari quruqlikda ham, havoda ham jangovar harakatlarda qatnaşmasligini eslatdi. Şu bilan birga, NATO Ukrainani özini özi mudofaa qiliş huquqini qöllab-quvvatlaydi, blok mamlakatlari buning uçun uni qurol-yaroğ, jumladan artilleriya va havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlaydi.
Şu bilan birga, Stoltenberg, uning sözlariga köra, turli xil qurol tizimlari va öq-dorilar haqida gap ketganda, ularni eng köp yetkazib berayotgan Germaniya hissasini ta’kidladi. Aynan şu tufayli, dedi u, jang maydonida özgarişlar röy berdi, rus armiyasini ortga qaytariş mumkin böldi - avval şimolda Kiyev yaqinida, keyin şarqda Xarkiv viloyatida, keyin janubda Xersonda.
NATO boş kotibining aytişiça, Ukrainaga harbiy yordam, uning ğalabasi uçun zarur bölsa, davom etadi va köpayadi. «Agar tajovuzkorlar ğalaba qozonsa, avtokratiyalar va zulmlar demokratiyadan kuçliroq bölsa, uzoq muddatli tinçlik bölmaydi», deb hisoblaydi Stoltenberg. «U holda barqaror tinçlikni ta’minlaşning eng yaxşi yöli Ukrainani qöllab-quvvatlaşdir».












