AQSh va ittifoqchilar Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi
Cheklovchi choralar KXDR tomonidan qator raketa sinovlari, jumladan, noyabr oyida qit’alararo ballistik raketa uchirilishidan so‘ng qabul qilindi.
AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya Pxenyanning yaqinda o‘tkazgan raketa sinovlariga javoban Shimoliy Koreyaning jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. AQSh Moliya vazirligi 1 dekabr, payshanba kuni e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, Koreyaning hukmron Ishchilar partiyasidan uch kishi – Yu Jin, Kim Su Gil va Jung Il Xoni KXDRga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. «Uchalasi ham Shimoliy Koreyaning noqonuniy ballistik raketa dasturiga bevosita aloqador», dedi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken. Uchalasi ham Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida.
Tashqi siyosat idorasi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalarning kengaytirilishi Shimoliy Koreya rejimining «noqonuniy ballistik raketa va ommaviy qirg‘in qurollari bo‘yicha dasturlarini ishlab chiqishi»ning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar bir qismidir. Pxenyanning «misli ko‘rilmagan» sondagi - 60 dan ortiq ballistik raketalarni uchirgani, jumladan, bir nechta qit’alararo ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazishi «mintaqa va dunyo xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi», dedi u.
Cheklovchi choralar ro‘yxatiga Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarni muzlatish va amerikaliklarga qora ro‘yxatga kiritilgan shaxslar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlash kiradi.
AQSh ortidan 2 dekabr, juma kuni Janubiy Koreya va Yaponiya KXDRga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etishini e’lon qildi. Janubiy Koreyaning sanksiyalar ro‘yxatiga Pxenyanning yadroviy raketa dasturiga aloqador sakkiz fuqaro va yetti tashkilot, Yaponiya ro‘yxatiga uchta tashkilot va bir shaxs kiritilgan.
BMT rezolyutsiyalari Shimoliy Koreyaga qit’alararo va boshqa ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazishni taqiqlaydi. Biroq, yil boshidan beri Pxenyan 60 dan ortiq bunday sinovlarni o‘tkazgan.
Xalqaro tanqidlar fonida KXDR 18 noyabr kuni bir oy ichida ikkinchi marta qit’alararo ballistik raketani dengizga uchirdi. Ertasi kuni Pxenyan sinovni AQShni yanada samaraliroq to‘xtatib turish maqsadida Shimoliy Koreyaning zarba berish qudratini kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlaridagi muvaffaqiyat deb atadi.
Mavzuga oid
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15 / 19.11.2024