Donald Tramp AQSh Konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi
Uning fikriga ko‘ra, bunday chaqiriq saylovdagi qonunbuzarliklar tufayli oqlanishi mumkin.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp yana bir bor o‘zini 2020 yilgi prezidentlik saylovida g‘olib deb atadi va mamlakat Konstitutsiyasini «bekor qilish»ga chaqirdi. Uning fikriga ko‘ra, bunday chora ovoz berish va ovozlarni sanash vaqtidagi qonunbuzarliklar tufayli oqlanishi mumkin.
Oq uy uning bayonotini keskin qoraladi va bu so‘zlarni «millat ruhini tahqirlash» deb atadi.
Tramp 2020 yilgi saylovda g‘alaba qozongani, ammo natijalar Jo Bayden foydasiga soxtalashtirilgani haqidagi asossiz da’volarini ta’kidlashdan to‘xtamayapti.
Bu safar ham Tramp saylovda g‘alaba qozonganini yana bir bor ta’kidladi va «yirik texnologiya kompaniyalari»ni Oq uyga qaytishiga to‘sqinlik qilish uchun demokratlar bilan til biriktirganlikda aybladi.
«Bunday turdagi va ko‘lamdagi ommaviy firibgarlik barcha qonunlarni, qoidalar va moddalarni, hatto Konstitutsiyadagilarni ham bekor qilishga imkon beradi. Bizning buyuk asoschilarimiz (AQSh asoschilari nazarda tutilgan) soxta va firibgarlikka asoslangan saylovlarga umuman rozi bo‘lmas edi!», dedi Tramp.
Bunga javoban Oq uy matbuot kotibi Endryu Beyts «Konstitutsiyaga qilingan hujum va buning maqsadi millat ruhini tahqirlash bilan barobar. Bunday chaqiriq ommaviy qoralanishi kerak», dedi.
Beyts Konstitutsiyani «muqaddas hujjat» deb atadi va Amerikani faqat (saylovda) g‘alaba qozongan taqdirda yaxshi ko‘rish mumkin emasligini qo‘shimcha qildi.
Bayden 2020 yilgi prezidentlik saylovida 7 milliondan ortiq ovoz ustunligi bilan Tramp ustidan g‘alaba qozongan edi. U saylovchilar kollegiyasining 306 ta ovoziga ega bo‘ldi (Tramp 232 ta).
Mavzuga oid
22:07
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
19:09
Tramp Moskva va Tehronning ittifoqini parchalay oladimi?
18:44