Jurnalist Inobat Ahadova Facebook'dagi postlari uçun onasi 8 dekabr kuni Narpay tumani IIBga çaqirilganini ma’lum qildi.
“Keça bir holat böldi. Xonada ötirsam, qişloqdan telefon jiringladi. Olsam, oyimning xavotirli ovozi. Tinçmisan, ahvoling yaxşimi, işing tinçmi deb sörab ketdi. Yaxşi hammasi, nima gap desam, ota-onamni tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi (pasport stol)ga çaqirişgani aytdi. Salomatligi sabab dadam bora olmagan, onam borib kelibdi.
Qisqasi, oyimning aytişiça, IIB xodimi (özini taniştirmabdi, onam ham şoşganidan söraş esdan çiqqan) oyim bilan feysbukdagi postlarim böyiça gaplaşibdi. Nega bunday yozdi, bu postida nega bunaqa degan, nimaga unaqa kabi savollar. Ota-onam – yoşi katta insonlar, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatmaydi. Tabiiyki, oyim aynan qaysi postimni nazarda tutişganini unçalik tuşunmagan. Faqat sal-pal eslagani ança vaqt avvalgi postlar, soqol, diniy mavzudagi fikrlar bölgan (qiziği, bu mavzular haqida umuman yozmayman ham). Suhbat sönggida telefon raqamimni olişgan, xavotirga hojat yöqligi ham aytilgan”, deb yozadi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Jurnalist yozgan postlari uçun nega özi emas, balki ota-onasi IIBga suhbatga çaqirilgani, bundan qanday maqsad közlanganini savol ostiga olgan.
“Bu iş orqali ota-onam va menga ruhiy bosim qilmoqçi bölişdimi? Telefon raqamimni olişgan, lekin bir kun ötsa-da ulardan heç kim telefon qilmadi, vaziyatni izohlamadi.
Aytmoqçi bölgan gapim: men hozir 27 yoşdaman, öz harakati, gapi uçun özi javob berişi kerak bölgan, muomala layoqatiga ega fuqaroman. Yoşi uluğ, men uçun salomatligi hamma narsadan qadrli bölgan ota-onamni boşqa ovora qilmanglar, biror narsani aniqlaştirmoqçi bölsangiz, özimdan sörang.
Feysbukka kelsak, u yerda men şaxsiy fikrlarimni konstitutsiyada kafolatlangan fikrlaş, söz erkinligi huquqimdan foydalanib yozaman. Birovning erkinligi, şa’niga daxl qilmagan holda, albatta”, deya ta’kidlaydi Inobat Ahadova.
Şunga öxşaş holat bugun, 9 dekabr kuni Gazeta.uz muxbiri Şohrux Haydarov bilan ham röy bergan.
“Ertalabdan uydan qönğiroq böldi, bu gal begona raqamdan faqat. Kötarsam, içki işlardanman, uyingga keldim, qayerdasan, qaçon kelasan, gaplaşib olişimiz kerak, dedi bir notaşiş erkak. Tinçlikmi, kim bu özi desam, IIB tezkor qidiruv bölimidanman, Facebook'da bir izoh qoldiribsan, şunga, deya javob qaytardi.








