Şahrixon tumanida profilaktika inspektori A’zam Sotvoldiyev maşinasida urib ketgan ikki jabrlanuvçidan biri vafot etdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

1972 yilda tuğilgan Masxobiddin Jabborov körsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Boş miya asosining sinişi, lat yeyişi, şişişi taşxisi bilan şifoxonaga olib kelingan jabrlanuvçi jonlantiriş bölimida koma holatida qolayotgandi.

YTH 9 noyabr kuni Şahrixon tumani Boboçek mahallasi hududida sodir bölgandi. Tumandagi Maslahattepa mahallasi profilaktika inspektori A’zam Sotvoldiyev mast holatda maşina boşqarib, yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketgan va skuterda kelayotgan ikki kişini urib yuborgan.

Ma’lum bölişiça, skuterdagilar 35 yoşli Muhriddin Hamdamov va uning qöşnisi 53 yoşli Masxobiddin Jabborov bölgan. YTH oqibatida oğir tan jarohati olgan jabrlanuvçilar şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

“Miyasini paçaqlab yuborgan. Körsangiz qörqadigan darajada edi. Turmuş örtoğimning holati öta oğir. Töqqiz kundan beri kutib ötiribmiz, öziga kelgani yöq. Bizga heç qanday bir najot yöq. Boquvçimni yöqotyapman. Tinçligimizni ta’minlaydigan xodimning özi birovning yostiğini quritib yuraversa. Xodim formada içib yurişi töğrimi?” degandi marhumning turmuş örtoği Gulbahor Rahmatullayeva Kun.uz’ga bergan intervyusida.

Andijon viloyati IIB holat yuzasidan rasmiy axborot berib, profilaktika inspektori 2025 yil 7 noyabrda, ya’ni voqeadan ikki kun oldin içki işlar organlari tizimidan qurolli kuçlar zaxirasiga böşatilganini ma’lum qilgan. Şuningdek, IIB axborotida profilaktika inspektori faqat bir kişi – Masxobiddin Jabborovni urib ketgani keltirilgan. Keyinçalik rasmiy axborot tahrirlangan.