12:58 / 12.12.2022
3156

Sherobodda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunida fermerga Cobalt sovg‘a qilindi

Foto: Sherobod tumani hokimligi

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 438-sonli Qonuniga muvofiq yurtimizda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilangan.

Shunga muvofiq, Sherobod tumanida ham mazkur sana ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Dastlab tuman hokimi Z.Davlatov tuman hokimligi majlislar zalida bir guruh namunali fermer va tomorqa yer egalariga “Ilg‘or fermer” hamda “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari va bayram sovg‘alarini topshirdi.

Shundan so‘ng tantanali tadbir tumandagi “Toshkent” tantanalar saroyida davom etdi. Tuman hokimligi hamda Surxondaryo Agroxizmat MChJ tomonidan yozilgan kamtarona dasturxon atrofida tumandagi barcha fidoyi qishloq xo‘jaligi xodimlari, klaster egalari va hamkor tashkilotlar vakillari jam bo‘lib, bayramni a’lo kayfiyatda nishonlashdi.

Tadbirda tuman hokimi Z.Davlatov ham ishtirok etib, barchani bayram bilan qutladi.

Quvonarlisi bayram munosabati bilan Paxta-2022 mavsumida jonbozlik ko‘rsatib, mavsumni betalofat o‘tkazish va belgilangan rejani bajarishda faollik ko‘rsatgan tumandagi "Otabek oltin paxtasi" f/x boshlig‘i E.Hasanov Surxondaryo Agroxizmat MChJ tomonidan “Cobalt” avtomashinasi bilan mukofotlandi.

Top