Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Poytaxtning Olmazor tumanida uch avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berishi oqibatida yo‘lovchilardan biri shifoxonaga yotqizildi.
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Toshkent shahar IIBB YHXB Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi.
«Bugun, 2022 yil 12 dekabr kuni soat 12:00 larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasida haydovchi, 1972 yilda tug‘ilgan T.K. Captiva rusumli avtomobilda harakatlanayotib, oraliq masofani saqlamagani oqibatida haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan Sh.K. boshqaruvidagi Cobalt hamda haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobillarga to‘qnashgan», deyiladi xabarda.
Hodisa natijasida Spark avtomobili yo‘lovchisi M.R. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:48 / 06.05.2026
5 kunda 40 ta holat: bolalar buyum emas
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
20:59 / 05.05.2026
Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi
16:34 / 04.05.2026