Toşkent şahrining tört tumanidagi soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Soliq qömitasi xabar qildi.
Qayd etilişiça, tayinlovlar davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini oşiriş, rahbar kadrlar salohiyatidan unumli foydalaniş hamda kadrlar zaxirasini mustahkamlaş maqsadida amalga oşirilgan.
Soliq qömitasi raisi tomonidan 22 iyun kuni imzolangan tegişli buyruqqa muvofiq, Jamşid Aşuroviç Ergaşov Yaşnobod tumani soliq inspeksiyasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Şuningdek, Laziz Rustamoviç Nasirov Uçtepa tumani soliq inspeksiyasi boşliği, Hamdam Hakimboyeviç Rajabov Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi boşliği, Habibulla Tojiyeviç Inomov esa Toşkent şahri Olmazor tumani soliq inspeksiyasi boşliği etib tayinlandi.



Soliq qömitasi tizimda zamonaviy boşqaruv könikmalariga ega, taşabbuskor va malakali mutaxassislarni rahbarlik lavozimlariga ilgari suriş böyiça işlar davom etayotganini qayd etgan.
Uşbu tayinlovlar davlat boşqaruvida oçiqlik, samaradorlik va xalq manfaatlariga xizmat qiluvçi tizimni şakllantirişga qaratilgan kadrlar siyosati doirasida amalga oşirilgani ta’kidlangan.
















