Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Turkiyani Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalariga rioya qilishga chaqirdi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlari boshlanganidan beri Turkiya Rossiya bilan savdo aloqalarini faqat kengaytirdi. Bu YeIda tobora ortib borayotgan xavotirga sabab bo‘lmoqda, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.
Foto: Getty Images
Yevropa Ittifoqi Turkiya hukumatini Rossiyaga nisbatan savdo siyosatini o‘zgartirishga va G‘arbning Ukrainadagi harbiy harakatlar uchun Moskvaga qarshi joriy qilgan sanksiyalariga rioya etishga chaqirdi. «Turkiyaning Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan cheklovchi choralariga qo‘shilmaslik siyosati tobora xavotirga sabab bo‘lmoqda», dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel 11 dekabr, yakshanba kuni Funke nashrlar guruhiga bergan intervyusida.
Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan keyin Turkiya Rossiyaga eksportni keskin oshirdi va Rossiya neftini xarid qilishni ko‘paytirdi. Shu munosabat bilan Borrel Yevropa Ittifoqi va Turkiya tovarlarning, jumladan, fuqarolik va harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan ikki tomonlama maqsadli tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlovchi bojxona ittifoqi tuzganini ta’kidladi.
Anqara Rossiyaga G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishga yordam bermasligi kerak, deya ta’kidladi Jozep Borrel va Turkiya Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomiga ega ekanligini eslatib o‘tdi. «Biz barcha nomzod davlatlar, jumladan Turkiya ham ko‘rilgan choralarga rioya qilishini kutamiz», — dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan agressiyasi fonida Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning kengaygani katta tashvish uyg‘otmoqda. Yevropa Ittifoqi bir necha bor o‘zining shubha va umidlarini turk hamkorlari e’tiboriga havola qilgan hamda buni barcha darajalarda davom ettiradi, deya qo‘shimcha qildi Jozep Borrel.
Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Vladimir Putin avgust oyida iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olgan edi. G‘arb kompaniyalari o‘z tovarlarini Rossiyaga sotishda davom etish uchun Turkiyadan bo‘shliq sifatida foydalanayotgan bo‘lishi mumkin. Buning uchun AQSh ma’muriyati Turkiyaga ikkinchi darajali sanksiyalar bilan tahdid qilgan.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026