Belarus hukumati Ukraina bilan çegara hududiga joylaştirilgan qöşinlar doimiy dislokatsiya joylariga qaytişini ma’lum qildi. Şu bilan birga, bir neça kun oldin Belarus hukumati öz kuçlari jangovar tayyorgarligi tösatdan tekşirilişi haqida e’lon qilgandi. Ukrainadagilar xulosa çiqarişga şoşilmaslikka çaqirib, Minsk Ukraina-Belarus çegarasidagi vaziyatni qasddan keskinlaştirayotganini da’vo qilmoqda.
Belarus mudofaa vazirligi nima degan?
Payşanba kuni Belarus harbiy idorasi mamlakat qurolli kuçlarining Ukraina bilan çegara yaqinida turgan 38-desant-şturmçi brigadasi doimiy dislokatsiya joyiga qaytarilganini xabar qildi.
Bu ma’lumotni Belarus harbiy texnikalari va bölinmalari harakatini kuzatib boruvçi «Belaruskі Gayun» telegram-kanali ham tasdiqladi.
Belarus mudofaa vazirligi brigadaning doimiy dislokatsiya böyiça qaytişini tasdiqlaşi kerak bölgan fotosuratlarni naşr etdi. Uşbu tuzilmaning töliq nomi - 38- Brest alohida gvardiya desant-şturm brigadasi, ya’ni uning bazasi odatda Brestda bölgan.

Ukraina nima demoqda?
Uruş boşidan buyon Ukraina hukumati Belarusni mojaro tomonlaridan biri deb hisoblaydi, çunki bu mamlakat Rossiya armiyasiga öz hududidan bosqin uçun platsdarm sifatida foydalanişga ruxsat bergandi. Ğarb va ukrain ekspertlari ham kelgusida Belarus harbiylari Rossiya armiyasi bilan birgalikda Ukrainaning ğarbiy regionlariga yangi bosqin boşlaşi ehtimolini istisno etmaydi.
Ammo Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi payşanba kungi brifing çoğida hozirda Belarus hududidan takroriy hujum bölişi ehtimoli yuqori emasligini ma’lum qildi.
Ukraina çegara xizmati esa bu uçastkadagi vaziyat nazorat ostida qolayotganini qayd etdi. Çegara xizmati rasmiy vakili Ondriy Demçenko BBC Ukraina xizmatiga şunday degan: «Biz töğridan töğri çegara atrofida texnika va qöşinlar joylaşuvi yoki harakatlanişiga guvoh bölmadik. Ayni vaqtda Ukraina hududiga bostirib kirişi mumkin bölgan zarbdor kuçlar taşkil etilganiga oid heç qanday dalilni qayd etmayapmiz».



















