Ukraina va uning ittifoqçilarining harbiy ekspertlari va siyosatçilari tomonidan berilayotgan asosiy savol – Belarus armiyasining Rossiya tomondan uruşga bevosita qöşilişi ehtimoli qançalik haqiqatga yaqin? Rossiya qöşinlari Belarus tarafdan Kiyevni egallaş uçun yana bir urinib köradimi?

Tört taxmin

10 oktyabr kuni Ukrainaga (xususan, Belarus hududidan ham) keng kölamli raketa hujumlari uyuştirildi va şu kuni Aleksandr Lukaşenko Rossiya bilan birgalikdagi «qöşma guruh» tuzilişini e’lon qildi.

Ekspertlar Belarusda «qöşma guruh» taşkil qilinişi sababi böyiça törtta nazariyani oldinga surmoqda:

Ukraina qömondonligini boşqa front çiziqlaridan çalğitiş uçun oğzaki tahdid

Lukaşenko bu usulni uruş boşida ham qöllagan edi. Belarus kuçlari operativ (va norasmiy) jihatdan Rossiyaning Ğarbiy harbiy okrugiga kiradi. Bu okrug qöşinlari yaqinda Xarkivda katta yöqotişlarga uçradi. Endilikda okrug qöşinlari tarkibi Belarus kuçlari hisobiga töldirilişi va şu yerdagi harbiy bazalarga joylaştirilişi mumkin. Bu yöl bilan belaruslar ukrainlarni şimolga e’tibor qaratişga majbur qilişi va boşqa front çiziqlaridan çalğitişi mumkin.

Rossiya aviatsiyasi, raketa komplekslari va dronlarini Belarusga joylaştiriş

Uzoq tanaffusdan söng Rossiya Ukrainaning ğarbi va şimoliga (şu jumladan Kiyevga) havo zarbalari berişni boşladi. Hujumlarning bir qismi Belarus hududidan uçirilgan «Geran-2» kamikadze dronlari (Eronda işlab çiqarilgan) yordamida amalga oşirildi.

Ehtimol, Rossiya armiyasi Ukrainaning muhim infratuzilmalarini yöq qilişni nazarda tutuvçi «vayronagarçilik uruşi»ni yangi strategiya sifatida davom ettirişi mumkin. Belarus hududidan foydalanmasdan turib bunday taktikani amalga oşirib bölmaydi. Rossiya dronlar va raketalarni Ukraina ğarbiga aynan Belarus hududidan uçirişni maqsad qilgan bölişi mumkin.

«Qöşma guruh» kelajak uçun yaratilmoqda, Rossiya qömondonligi uruşning Ukrainadan taşqariga tarqalişi va NATO davlatlari bilan ziddiyat muqarrar ravişda kuçayişini taxmin qilyapti

Rossiya qurolli kuçlari tomonidan Ukrainaga qarşi strategik bölmagan yadroviy qurollardan foydalaniş natijasida Ğarb bilan harbiy mojaro kuçaygan taqdirda Kreml Belarusdagi öz harbiy kuçlariga tayanmoqçi.