Benzema Fransiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Foto: Getty Images
Benzema JCh-2022ga boradigan tarkibdan joy olgan, ammo jarohati sababli safdan chiqqach, javob berib yuborilgandi. U jarohatidan tuzalgach, yarimfinal va finalda jamoasiga yordam berishi mumkin edi, ammo Fransiya bosh murabbiyi Dide Desham turnir davomida uni yana safga qaytarishni istamadi.
«Hozirgi darajamga yetish uchun bor kuch va imkoniyatlarimni sarfladim, xatoga yo‘l qo‘ygan paytim ham bo‘ldi. Shunga qaramay, hozirgi mavqeyimdan faxrlanaman. Men o‘z tariximni yozdim, ammo milliy jamoam bilan birgalikdagi tariximiz yakuniga yetdi», - deya yozadi 35 yoshli fransiyalik hujumchi.
Ma’lumot uchun, Benzema 2007 yildan buyon Fransiya milliy jamoasi a’zosi sanalardi. 2015 yilda jamoadoshi Valbuena bilan yuz bergan voqelikda aloqadorligi aniqlangach, milliy jamoadan chetlatilgandi. 2021 yilning may oyida esa Desham uni yana milliy jamoaga chaqirgandi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya JCh-2022 finalida Argentinaga mag‘lub bo‘lib, turnirni kumush medal bilan yakunladi.
Mavzuga oid

12:25 / 24.03.2025
Ronaldu Hoylundga javob qaytardi, Italiyaga dahshatli kambek ham yordam berolmadi. Yevropada dramatik o‘yinlar

18:23 / 01.07.2024
Ilk golini kutayotgan Ronaldu va Mbappening yangi niqobi. Yevroda kun o‘yinlari

07:39 / 22.06.2024
Yevro kundaligi: Fransiyaga urilgan gol hisoblanmadi, ukrainlar kurashga qaytdi

14:57 / 21.06.2024