Bugun tunda Fransiya va Marokaş örtasidagi bahs bilan 2026 yilgi jahon çempionatida çorakfinal bahslari start oladi.
Fransiya va Marokaş juftligida qator intrigalar bor. Birinçidan, Marokaş milliy jamoasi tarkibidagi futbolçilarning bir qismi – fransuzlar futbol tizimi mevalari hisoblanadi. Ikkinçidan, Marokaş uzoq vaqt mobaynida Fransiya mustamlakasi hisoblangan va tarixiy aloqalarga ega. Uçinçidan, 2022 yilgi jahon çempionati yarimfinalida uşbu jamoalar özaro öynagan va öşa öyin hakamlik mojarosi bilan yodda qolgan, finalga esa Yevropa vakillari yöl olişgandi. Endi marokaşliklar öşa mağlubiyat uçun qasos olişga harakat qilişadi.
Fransiya – Marokaş
10 iyulga ötar keçasi, 01:00. Gillette Stadium (Foksboro)
Jamoalarning turnirdagi yöli
Dide Deşam şogirdlari bu turnirda hali biror marta yutqazmadi: guruh bosqiçida Senegal (3:1), Iroq (3:0) va Norvegiya (4:1) taslim etildi. Uçranglilar pley-offning dastlabki haftasini ham benuqson ötkazişdi: 1/16 finalda Şvetsiyaga heç qanday imkoniyat qoldirilmadi (3:0), 1/8 finalda Paragvay tösiğidan ötildi (1:0).
Janubiy Amerika vakillari nomdor raqibga qarşi turli yöllarni, jumladan, qoidalardan taşqari usullarni ham işga solişga harakat qildi, ammo şunday qöpolliklardan biridan keyin belgilangan penalti tufayli mağlub bölişdi. Paragvayliklar deyarli hujum qilişmadi va vaziyatlarga ega bölişmadi.
Aynan şu tufayli Fransiya himoyasi aslida qançalik yaxşi holatda ekanini tekşirişning imkoni bölmadi. Turnir boşidan buyon uşbu jamoaga tengma-teng öyin va kuraş körsatgan raqibning özi duç kelmadi.
Şunday ekan, Marokaş – turnir favoritligi uçun asosiy da’vogar sifatida körilayotgan uşbu jamoa uçun ilk jiddiy sinov böladi. 1/8 final öyinlaridan keyin Opta superkompyuteri jamoalarning turnir ğolibligi uçun imkoniyatlarini qayta baholadi, unga köra, Fransiyaning jahon çempionligi uçun imkoniyati 27,32 foizga baholangan, ikkinçi va uçinçi örinlarda esa Ispaniya (21,33 foiz) va Argentina (17,28 foiz) qayd etilgan.
Marokaşliklar 4 yil oldin Qatardagi mundialda tarixiy natija qayd etgan: Afrikaning jahon çempionati yarimfinal bosqiçida öynagan ilk jamoasiga aylangandi. Endi esa bu natijani takrorlab, qit’aning turnir 1/2 finalida qatorasiga ikki marta öynagan ilk jamoasiga aylanişi mumkin.
«Atlas şerlari» joriy turnirda hali yutqazgani yöq: guruhda Braziliya bilan durang öynadi (1:1), Şotlandiya (1:0) va Haitini (4:2) mağlub etdi. 1/16 finalda Niderlandiya tösiğidan ötildi: 91-daqiqada hisob tenglaştirildi (1:1), penaltilar seriyasida Bunu qahramonlik körsatdi (3:2). 1/8 finalda esa Kanada yirik hisobda tor-mor etildi (3:0).












