Sport | 22:45 / 23.12.2022
40799
5 daqiqa o‘qiladi

«Milliy sport mukofoti-2022»: Yilning eng yaxshilari e’lon qilindi

Bugun, 23 dekabr kuni O‘zbekistonning 2022 yilgi eng yaxshi sportchilari, murabbiylar, sport faollari va turli nominatsiyalarda laureatlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi 

«Milliy sport mukofoti-2022» taqdirlash marosimini Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov ochib berdi. Shundan so‘ng sport federatsiyalari, homiy tashkilotlar va mutasaddilar ishtirokida yilning eng yaxshilari e’lon qilindi. 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi 

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulsevar G‘aniyeva (boks) 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi 

Yil kashfiyoti: Sharifa Davronova (yengil atletika) 

Yilning eng yaxshi hakami: Eshpo‘lat Hidoyatov (sport kurashlari) 

Yilning eng yaxshi sport shifokori: Rustem Ablyalimov (velosport) 

Navbatdagi blok Paralimpiya sportiga bag‘ishlandi. Undagi nominatsiyalar va g‘oliblar: 

Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Azizbek Boynazarov (para suzish) 

Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Bobur Qo‘ziyev (para taekvondo) 

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Guljanoy Naimova (para taekvondo) 

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Server Ibragimov (para o‘q otish) 

Navbatdagi nominatsiyalarda amputant sportchilarimiz taqdirlanishdi: 

Amputantlar futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun: Rustam Mehmonov («Matonat» nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi) 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi 

Futbol bo‘yicha amputantlar jamoasi fidoyisi: Baxtiyor Rajabov (Futbol bo‘yicha amputantlar jamoasi faxriysi) 

Yilning eng yaxshi para sport klubi: Sport kurashlari klubi 

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Kamoliddin Alimov (olamsport.com) 

Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi: Timur Nizayev («Pravda Vostoka» gazetasi) 

Yilning eng yaxshi matbuot xizmati: O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi (Vitaliy Judro) 

Olimpizm targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Anvar Avazxo‘jayev 

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 

Yilning eng yaxshi federatsiyasi: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi 

Sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi tashkilotchi: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 

Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun: Birodar Abduraimov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni sohibi) 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi 

Milliy sport turlarini ommaviylashtirishga qo‘shgan hissasi uchun: Nig‘matilla Yo‘ldoshev (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi) 

Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun: Tanzila Narbayeva (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbari) 

Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishdagi xizmatlari uchun: Abdusalom Azizov (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari) 

Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi: Osiyo Olimpiya kengashi 

Shubhasiz, barcha intizorlik bilan kutgan nominatsiyalarda yilning eng yaxshi murabbiyi, ayol va erkak sportchilari deb quyidagilar tan olindi: 

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Ilias Iliadis (Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi) 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi 

 Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Svetlana

Osipova (taekvondo VT bo‘yicha jahon chempioni) 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi 

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Muzaffarbek To‘raboyev (dzyudo bo‘yicha jahon chempioni) 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yakunlariga ko‘ra bokschi Bahodir Jalolov va og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev eng yaxshi sportchilar deb topilgandi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid