Rossiya mamlakatdan chiqib ketgan fuqarolar uchun soliqlarni oshirish niyatida
Davlat dumasi tomonidan soliq stavkalarini oshirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Quyi palata rahbari Volodinning fikricha, Rossiyadan chiqib ketganlar uchun imtiyozlarni «bekor qilish» kerak.
Rossiya Davlat dumasi mamlakatdan chiqib ketgan rossiyaliklar uchun soliqlarni oshirish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqmoqda, dedi Rossiya parlamenti quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin. «Rossiyadan chiqib ketganlar uchun imtiyozlarni bekor qilish va ular uchun oshirilgan soliq stavkasini joriy qilish to‘g‘ri. Bu adolatli bo‘ladi. Biz qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar ustida ishlayapmiz», deb yozdi u 25 dekabr, yakshanba kuni Telegram'dagi sahifasida.
Volodinning so‘zlariga ko‘ra, «bugunga qadar ketganlar nafaqat Rossiya kompaniyalarida masofadan turib ishlashyapti, balki mamlakat qonunchiligiga muvofiq ularga beradigan barcha imtiyozlardan foydalanyapti». Shu bilan birga, «mamlakatni tark etganlar qaytib kelishlari uchun ularga imtiyozlar berish kerak deb hisoblaydiganlar» bor va bu noto‘g‘ri, deb ta’kidladi Davlat dumasi raisi.
Dekabr oyida Rossiyada hukmron «Yagona Rossiya» partiyasi chet elga ketgan rossiyaliklarga ma’lum mutaxassisliklar bo‘yicha masofadan ishlashni taqiqlovchi qonun loyihasi ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi, ularning ro‘yxati hukumat tomonidan belgilanadi. "Vyorstka" nashri cheklovlar axborot xavfsizligi va davlat uchun muhim bo‘lgan boshqa qator sohalar xodimlariga ta’sir qilishi mumkinligini yozgan.
Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boshlagani va safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng, Rossiyadan yuz minglab mehnatga layoqatli rossiyaliklar, shu jumladan ishbilarmonlar, IT-mutaxassislar, olimlar, shifokorlar va musiqachilar chiqib ketishdi. Ulardan qanchasi xorijda qolgani noma’lum. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, yilning birinchi yarmida mamlakatdan chetga migratsiya oqimi qariyb 96 ming kishini tashkil qilgan.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024