Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi – milliy jamoadagi gollari soni bo‘yicha 2022 yilning eng yaxshi to‘purari. Shomurodov Benzema va Saloh bilan bir xil natija qayd etdi
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2022 yilda milliy jamoasi safida eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.
IFFHS statistikasidan 2022 yilda milliy jamoa safida rasmiy o‘yinlarda va klublar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro bahslarda (qit’alararo) kiritilgan gollar hisoblangan.
Unga ko‘ra, Argentina milliy jamoasi hamda «PSJ» klubi forvardi Lionel Messi 22ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. 2-o‘rindan Mbappe (21) joy olgan bo‘lsa, uchlikni «Siti» hujumchisi Xulian Alvares (15) band etgan.
E’tiborlisi, O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Eldor Shomurodov ham o‘nlikdan joy oldi. Hamyurtimiz 12ta gol bilan Karim Benzema, Muhammad Saloh va Risharlison bilan bir xil natija qayd etgan.
2022 yilda xalqaro o‘yinlarda eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar:
1. Lionel Messi (Argentina / PSJ) – 22 gol
2. Kilian Mbappe (Fransiya / PSJ) – 21
3. Xulian Alvares (Argentina / Man.Siti) – 15
4-5. Erling Xoland (Norvegiya / Man.Siti) – 14
4-5. Sado Mane (Senegal / Bavariya) – 14
6-7. Robert Levandovski (Polsha / Barselona) – 13
6-7. Pedro (Braziliya / Santos) – 13
8-11. Eldor Shomurodov (O‘zbekiston / Roma) – 12
8-11. Muhammad Saloh (Misr / Liverpul) – 12
8-11. Karim Benzema (Fransiya / Real) – 12
8-11. Risharlison (Braziliya / Tottenhem) – 12.
Ma’lumot uchun, Yevropaning top-5 chempionatlarida Kilian Mbappe 2022 yilda jami 56 o‘yinda 56ta gol kiritib, eng yaxshi natija qayd etgan.
Mavzuga oid
13:44 / 17.06.2026
Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi ehtiyotkorlik bilan o‘ynaymiz – Kannavaro
01:18 / 18.05.2026
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi
00:56 / 25.04.2026
Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda “Boshoqshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi
18:27 / 22.04.2026