Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning bir qator hududlarida elektr ta’minoti bo‘yicha cheklovlar joriy qilinadi
Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida «tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlarda» jadval asosida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar kiritilishi mumkinligi ma’lum qilingan. Qashqadaryoda esa 3 yanvardan cheklovlar kiritilgan.
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston yagona elektr energetika tizimi favqulodda o‘chishlar va o‘ta-xavfli rejim holatlarda quvvat hamda yoqilg‘i tanqisligi bo‘lgan vaqtlarda 2023 yil 4 yanvardan 31 yanvarga qadar magistral elektr tarmoqlari hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ viloyat filiallari tasarrufida bo‘lgan podstansiyalardan chiquvchi 35−110 kVtli tarmoqlarini cheklash bo‘yicha maxsus jadval tasdiqlangan.
Buxoro hokimligi axborot xizmati esa tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlarda hududlarga 3−10 yanvar kunlari belgilangan jadval asosida cheklovlar kiritilishi mumkinligini xabar bergan.
«Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» esa energotizimda quvvat yetishmovchiligi kuzatilayotgani bois viloyatda 3 yanvardan cheklovlar qayta joriy etilganini va cheklovlar avvaldan ishlab chiqilgan grafik asosida hududlar kesimida teng taqsimot asosida olib borilishini ma’lum qilgan. Qashqadaryoda cheklovlar qachongacha davom etishi haqida ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, yil dekabr oyining boshlarida sovuq ob-havo tufayli O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar joriy etilgandi. Barcha viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi elektr tarmoqlari korxonalari ta’minotdagi rejali uzilishlar jadvallari e’lon qilingandi.
So‘nggi haftalarda ob-havoning iliq kelishi va yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan ta’tillar tufayli barcha hududlarga uzluksiz elektr energiyasi uzatilayotgandi.
Mavzuga oid
21:15 / 26.05.2026
Eronda internet qisman tiklandi
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
19:31 / 25.05.2026
AQSh mamlakat ichidagi chet elliklardan Green Card arizalari qabul qilishni cheklaydi
13:18 / 15.05.2026