Dunyo böylab bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi tobora jiddiy muhokama mavzusiga aylanyapti. Onlayn bulling, xavfli çellenjlar, şaxsiy ma’lumotlarning tarqalişi, psixologik bosim va zararli kontentlar davlatlarni yangi çeklovlar joriy etişga undamoqda. Ayrim mamlakatlar yoş çeklovini kuçaytirmoqda, boşqalari esa onlayn platformalarga qöşimça majburiyatlar yuklamoqda. Endi Özbekiston ham şu davlatlar qatoriga qöşilişi mumkin. Kun.uz bu masalada mutasaddi taşkilotlar fikrini örgandi.
Özbekistonda 16 yoşgaça çeklov muhokama qilinmoqda
Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimovaning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 16 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklaşga qaratilgan qonun loyihasi işlab çiqilişi mumkin. Bu masala deputatlar va senatorlar bilan muhokama qilingan hamda qonun loyihasini tayyorlab, jamoatçilik muhokamasiga qöyiş rejalaştirilgan.
“Hozir texnika asri. Bolalardan telefonni olib qöya olmaymiz. Lekin undan foydalaniş madaniyati bölişi kerak. Maktablardagi mavjud çeklovlar hamma joyda ham işlamayapti. Şu bois 16 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini qonun bilan tartibga solişni taklif qilmoqdamiz”, — dedi vazir.
Bolalar ombudsmani: muammo bor, ammo yeçim faqat taqiq emas
Bolalar ombudsmani ham mazkur taşabbus hozir mutasaddi taşkilotlar va parlament vakillari iştirokida örganilayotganini ma’lum qildi. Jarayon ança avval boşlangan va taşkilot bu masalani örganiş yuzasidan bolalar örtasida sörov ötkazgan. 10–17 yoşli 245 mingdan ortiq maktab öquvçisi iştirok etgan sörovda:
- iştirokçilarning 94 foizi internetdan foydalanişini bildirgan;
- ularning 47 foizi internetdan doimiy ravişda foydalanadi;
- 66 foizi internetdan asosan ta’lim va xorijiy til örganiş uçun foydalanişini aytgan;
- 26 foizi muloqot qiliş;
- 8 foizi esa onlayn öyinlar uçun internetdan foydalanişini bildirgan.
Şu bilan birga, sörov taşvişli holatlarni ham körsatgan. Öquvçilarning 16 foizi ijtimoiy tarmoqlarda xavfsiz harakat qiliş qoidalarini bilmasligini, 9 foizi esa onlayn bulling nima ekanini ham tuşunmasligini aytgan.
Ombudsman fikriça, bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qiliş muhim. Biroq buning yeçimi faqat çeklov emas, bolalar uçun milliy raqamli platformalarni yaratiş, raqamli gigiyena böyiça ta’limni kuçaytiriş va ota-onalarning mas’uliyatini oşiriş ham kamida qonunçilik kabi muhim ahamiyatga ega.

















