O‘zbekiston | 19:39 / 05.01.2023
85605
1 daqiqa o‘qiladi

Ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati uzaytirildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

O‘qish jarayonlari 18 yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 11 yanvarga qadar, OTMlarda esa 9 yanvarga qadar davom etishi kerak edi.

Avvalroq, “O‘zgidromet” tomonidan 10-15 yanvar kunlari respublika bo‘ylab havo harorati kechalari 12-17 sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari 17-22 daraja sovuqqacha, Ustyurt va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida kechasi 25-27, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqqacha pasayishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid