Tarixda birinchi marta sud majlisida robot-advokat ishlaydi
Robot ixtirochisi kelajakda u sud majlislarida advokatlarni almashtira olishini kutmoqda.

Foto: Getty Images
Tarixda birinchi marta robot-advokat sud majlisida ishtirok etadi va sudlanuvchiga maslahat beradi. DoNotPay kompaniyasining dunyodagi birinchi robot-advokati sudlanuvchining smartfonida ishlaydi va munozara paytida o‘z mijoziga nima deyish kerakligi haqida ko‘rsatmalar beradi.
Sud jarayoni qayerda bo‘lib o‘tishi, ayblov tomoni va sudlanuvchining ismi oshkor etilmagan.
Robot ishlab chiqaruvchilari audio-uskunani shunday sozlaganki, robot odamlarning gaplariga darhol munosabat bildirmaydi, balki muhokama tugagach, fikr-mulohazalarni tahlil qilgandan keyin yechimni taqdim etadi.
Robot ixtirochisi Joshua Brauder so‘zlariga ko‘ra, u kelajakda advokatlar o‘rnini bemalol egallaydi.
«Hammasi sud majlisida qanday gapirishga bog‘liq, buning uchun advokatlar soatiga yuzlab yoki minglab dollar haq oladi», dedi u.
DoNotPay veb-saytida aytilishicha, bu texnologiya byurokratiyani yengish uchun ham ishlatilishi mumkin. Masalan, robot iste’molchilar huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni juda yaxshi biladi, xususan, bekor qilingan va kechiktirilgan parvozlar, ish joyidagi huquqlar va shunga o‘xshash holatlarni tushunadi.
Qayd qilish joizki, sud jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish holati birinchi marta yuz bermayapti. Avvalroq, Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib sud zalida sun’iy intellektdan foydalandi. 2022 yil iyul oyida mamlakatda sud tizimini «takomillashtirish» maqsadida ushbu texnologiyadan foydalanilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bunda sun’iy intellekt qonunlarni tavsiya etadi, hujjatlarni tuzadi va qarorlarda «insonning ehtimoliy xatosi» haqida ogohlantiradi.
Endi xitoylik sudyalar har bir holatda sun’iy intellektga murojaat qilishi kerak, agar ular sun’iy intellekt tavsiyalarini buzsa, sabablarini yozma ravishda tushuntirishi kerak.
Xitoy «aqlli sud» tizimini 2016 yildan beri ishlab chiqmoqda. O‘sha paytda mamlakat bosh sudyasi Chjou Tsyan sud tizimidagi «adolat, samaradorlik va ishonchni» yaxshilash uchun texnologiyalarni qo‘llashga chaqirgan edi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi xavfi haqida ogohlantirdi
Jahon | 08:26
-
Isroil armiyasi gumanitar yordamga navbatda turganlarga yana hujum qildi
Jahon | 08:23
-
AQSh va Isroilning Eronga zarbalaridan keyin AEXA favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Jahon | 08:13
-
Kreml: yadro qurolini tarqatmaslik rejimiga juda katta zarba berildi
Jahon | 07:45
Mavzuga oid

00:24
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi

19:44 / 22.06.2025
Amazon sun’iy intellekt sabab ishchi kuchini qisqartiradi

21:08 / 20.06.2025
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin

14:55 / 20.06.2025