Sun’iy intellekt sohasidagi işlanmalarga ixtisoslaşgan DeepSeek kompaniyasi Xitoy harbiylari va razvedka xizmatlariga yordam beradi. Bu haqda amerikalik yuqori martabali amaldorga tayanib, Reuters xabar berdi.

Uning sözlariga köra, Xitoy startapi Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlaridagi soxta kompaniyalardan foydalangan holda Xitoyga yetkazib beriş taqiqlangan yangi yarimötkazgiçlarni qölga kiritişga uringan. 

DeepSeek, xususan, foydalanuvçilarga oid ma’lumotlar va statistikani davlat organlari bilan bölişişda ham ayblanmoqda.

Xitoyda faoliyat yuritadigan kompaniyalar Pekin söroviga javoban barça ma’lumotlarni taqdim etişga majbur. DeepSeek özining maxfiylik siyosati töğrisidagi savollarga javob qaytarmagan.

Reuters suhbatdoşining sözlariga köra, DeepSeek Xitoy Qurolli kuçlari va mamlakat mudofaa sanoati majmualariga boğliq boşqa taşkilotlarning xaridlariga aloqador hujjatlarida 150 martadan ortiq tilga olingan. Uning aytişiça, kompaniya Xitoy armiyasi tadqiqot institutlariga xizmat körsatgan.

Amerikalik amaldor, şuningdek, DeepSeek Nvidia’ning köplab H100 mikroçiplariga egalik qilişini ta’kidlagan. 2022 yildan beri uşbu çiplarni yetkazib beriş AQŞ eksport çeklovlari ostida.

Nvidia’ning eng zamonavit çiplarini XXRga litsenziyasiz olib kiriş Amerika eksport qoidalarini buzsada, Xitoy kompaniyalariga mamlakatning ma’lumotlarni qayta işlaş markazlarida uşbu çiplardan masofadan turib foydalanişga ruxsat etilgan.

DeepSeek kompaniyasi yanvar oyida DeepSeek-V3 nomli yangi sun’iy intellekt tizimini taqdim etgandi. Kompaniya vakillarining qayd etişiça, model ikki oy davomida takomillaştirilgan va unga 6 million dollardan kamroq mablağ sarflangan — Amerika kompaniyalari esa bu kabi yönalişlarga önlab barobar köp xarajat qilmoqda.