Xitoy AQŞning Eron yadroviy inşootlariga hujumi ortidan vaziyatning keskinlaşuvi fonida Hörmuz böğozi yopilişi ehtimolidan xavotir bildirdi. Xitoy rasmiylari uşbu strategik muhim mintaqada xavfsizlikni ta’minlaş butun xalqaro hamjamiyat manfaatlariga mos kelişini ta’kidladi.

Pekinda ötkazilgan navbatdagi brifingda sözga çiqqan Xitoy Taşqi işlar vazirligi vakili Go Tszyakun Fors körfazi va unga tutaş hududlarning suvlari jahon tovarlari va energiya resurslari savdosi uçun asosiy yöl ekanligini eslatdi.

«Hörmuz böğozining yopilişi butun jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir körsatadi. Mintaqada barqarorlik va xavfsizlik butun xalqaro hamjamiyat uçun umumiy manfaatdir», — dedi diplomat.

Go, şuningdek, jahon kuçlarini AQŞ zarbalaridan keyin mintaqada iqtisodiy va siyosiy betartiblikning oldini oliş uçun keskinlikni kamaytirişga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuçaytirişga çaqirdi.

Xitoy neft importining qariyb 45 foizi Fors körfazi va Hörmuz böğozi orqali amalga oşiriladi. Eron avvalroq dunyo neft savdosining qariyb 25 foizi ötadigan böğozni hujum sodir bölgan taqdirda yopiş huquqini özida saqlab qolişini bildirgan edi. Hatto qisqa muddatli yuk taşişdagi uziliş ham neft bozorlarida jiddiy buzilişlarga olib kelişi mumkin.

Hörmuz böğozi Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt, Qatar, Iroq va Eronning özidan Osiyo bozorlariga neft yetkazib beriş uçun asosiy arteriya hisoblanadi.