Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida yo‘l harakatini boshqarish tizimi joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston delegatsiyasi ITS Asia Pacific Forum 2025 xalqaro forumida ishtiroki doirasida Koreya Respublikasi yer, infratuzilma va transport vaziri Park Sangvu hamda Korea Expressway Corporation korporatsiyasi prezidenti Xam Jingyu bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Foto: Dunyo
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Koreya Respublikasining avtomagistrallar boshqaruvi, "aqlli" svetoforlar, sun’iy intellekt asosidagi harakatni boshqarish tizimlarini O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlari, shuningdek, mazkur mamlakat hukumati tomonidan O‘zbekistonda texnik yordam va mutaxassislar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralarda Janubiy Koreya tomonidan O‘zbekistonda yo‘l infratuzilmasini raqamlashtirish, jumladan, aqlli tolling, I sensor tizimlari, harakat monitoringi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, "Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish" DXSh loyihasi doirasida avtomagistral loyihalarini rivojlantirishda KEC korporatsiyasi ishtirokini ta’minlash takliflari ilgari surildi.
Mavzuga oid
18:07 / 25.05.2026
Sun’iy intellekt va tibbiyot kabi sohalarda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi
17:56 / 07.05.2026
Armiyada sun’iy intellekt va dronlar davri: prezident yangi vazifalarni belgiladi
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
01:59 / 04.05.2026