Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 13:01 / 09.01.2023
4902
2 daqiqa o‘qiladi
Energetika vazirligi gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilishni so‘radi
Energetika vazirligi is gazidan zaharlanish va gazdan foydalanishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan ogohlantirib, gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilishni so‘radi.
Foto: Aleksey BULATOV
Vazirlik xabariga ko‘ra, isitish mavsumi boshlanishidan oldin binoning mo‘ri va havo almashish yo‘laklarini mutaxassislar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash lozim.
Shuningdek, quyidagilarga amal qilish talab etiladi:
- gaz jihozlarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulamang va joyini o‘zgartirmang;
- nosoz isitish qurilmalari va gaz jihozlaridan foydalanmang, mutaxassis ishtirokisiz gaz jihozlarini ta’mirlashga yo‘l qo‘ymang;
- gaz jihozlari va isitish qurilmalari joylashgan binolarda havo almashish kanallarining doimiy ochiq holatda bo‘lishini ta’minlang;
- mo‘ri va havo almashish yo‘llari texnik jihatdan soz bo‘lishini ta’minlang, gaz jihozlari va isitish qurilmalarini qarovsiz qoldirmang;
- yosh bolalarning gaz jihozlaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang;
- gaz jihozlari joylashgan xonadan dam olish va uxlash maqsadida foydalanmang;
- tabiiy gaz sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq olovdan foydalanmang;
- gaz quvurlariga har xil so‘rg‘ichlar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymang;
- gaz plitasidan kiyimlarni quritish va boshqa maqsadlarda foydalanmang;
- bino ichida gaz hidini sezsangiz elektr jihozlarini yoqib o‘chirmang, gugurt yoqmang, xonani zudlik bilan shamollating hamda tumangaz ta’minoti bo‘limiga (104) qo‘ng‘iroq qiling.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
17:40 / 07.07.2026
Neft mahsulotlari zaxiramiz 2−3 oy uchun yetarli - Energetika vazirligi
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
14:31 / 25.06.2026
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:41 / 23.06.2026