22:36 / 12.01.2023
25687

FIFA The Best sovriniga da’vogar 12 futbolchini e’lon qildi

FIFA rasmiy sayti tashkilot tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan The Best sovriniga da’vogarlar nomini e’lon qildi.

Foto: The Best FIFA Football Awards

Unga ko‘ra, 12 futbolchi yilning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun nomzodlar safidan o‘rin olgan.

The Best-2022 sovriniga da’vogar futbolchilar ro‘yxati: 

Lionel Messi («PSJ», Argentina), Karim Benzema («Real», Fransiya), Xulian Alvares («Manchester Siti», Argentina), Jud Bellingem («Borussiya» Dortmund, Angliya), Kevin de Byuyne («Manchester Siti», Belgiya), Erling Holand («Manchester Siti», Norvegiya), Ashraf Hakimi («PSJ», Marokash), Robert Levandovski («Barselona», Polsha), Luka Modrich («Real», Xorvatiya), Neymar («PSJ», Braziliya), Muhammad Saloh («Liverpul», Misr), Vinisius Junior («Real», Braziliya).

Mavzuga oid
Top