O‘zbekiston | 10:34 / 14.01.2023
4249
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq kodeksiga o‘zini o‘zi band qilganlarga oid qo‘shimcha kiritiladi

“O‘zbekiston Soliq kodeksining 408-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan belgilangan to‘lov miqdorining, agar to‘lov ro‘yxatdan o‘tgan sanadan o‘n kun ichida amalga oshirilsa, 30 foiz chegirma olish bilan bog‘liq norma kiritilmoqda.

Respublika bo‘yicha jami 256 705 ta o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan 2022 yilda 65 351,7 mln so‘m ijtimoiy soliq to‘langan. Taklif etilayotgan chegirmadan foydalangan taqdirda budjetga jami 19 605,5 mln ijtimoiy soliq kelib tushmasligiga olib keladi.

Hujjat loyihasida aytilishicha, u aholi bandligi va norasmiy bandlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Qaror loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston davlat budjetidan qo‘shimcha xarajatlar talab etmasligi bildirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid