Jizzaxda tug‘ilgan bolaga Mbappe deb ism qo‘yilgani rad etildi
O‘rganish natijasiga ko‘ra internetda tarqalgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma montaj mahsulidir.
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida tug‘ilgan bolaga “MBAPPE” deb ism qo‘yilganligi haqida xabar tarqaldi. Xabarga bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ilova qilingan.

Hujjatga ko‘ra, bola 2023 yilning 14 yanvar kuni dunyoga kelgan. Tug‘ilganlik holati Baxmal tumani FHDYo bo‘limi tomonidan 16 yanvar kuni qayd etilgan.
Kun.uz bu xabar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini bilish maqsadida Adliya vazirligining axborot xizmati bilan bog‘landi. Vazirlik tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqilganda, internetda tarqatilgan xabar yolg‘on ekani, bolaga bunday ism qo‘yilmagani aniqlandi.
Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan hujjat fotoshop mahsuli bo‘lib, aslida bolaga Abdulloh deb ism qo‘yilgan. Mutaxassislarga ko‘ra, buni tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma raqami yoxud hujjatda qayd etilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqamidan ham osongina aniqlash mumkin.
“Ma’lumot tariqasida, bolaga ism uning kelgusidagi manfaatlaridan kelib chiqqan holda beriladi, kelgusida uning sha’ni va qadriga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyiladi Adliya vazirligining Kun.uz’ga taqdim etgan ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasining a’zosi Kilianning familiyasidir.
O‘zbekistonliklar o‘z farzandiga futbol yulduzi, kino qahramon yoki tarixiy shaxslarning ismini qo‘ygani bungacha ham kuzatilgan. Internetda 1984 yilda tug‘ilgan Chingalchuk, 1990 yilda tavallud topgan Brus Li, 1993 yili dunyoga kelgan Amir Temur, 1994 yilda tug‘ilgan Maradonalarning hujjatlari nusxasi mavjud.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:17
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
-
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi
Jahon | 10:53
Mavzuga oid

16:35 / 26.02.2025
Baxmalda “Open budget” puliga qurilgan yangi stadion 15 kunda qulab tushdi

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi

09:31 / 20.11.2024