Uzoq muddatli tanaffusdan keyingi çiqişi aktyorni soğingan muxlislarni ança quvontirgan bölsa, uning oğir dard bilan kuraşayotgani haqidagi xabar köpçilikni xafa qildi, xavotirga soldi. Kun.uz muxbiri bu xabardan keyin Murod Rajabov xonadonida mehmon böldi va u bilan katta intervyu ötkazdi.

Intervyu davomida Murod Rajabovning bugungi ahvoli, teatr va kinoda ijro etgan rollari, ijoddan ketişi sabablari, “qora röyxat”ga tuşişi va kelgusi rejalari haqida söz bordi.

— Siz san’atga aktyorlar, san’atkorlar sulolasi vakili sifatida kirib kelmagansiz. Lekin san’at yölini tanlaş ehtimolingiz yuqori bölgan. Masalan, rassom bölişingiz mumkin edi. Nega aynan san’at sohasi atrofida bölgan tanlovingiz?

— Men özi yoşligimdan rassomlikka qiziqardim. Dadam juda ulfati köp inson edi. Şulardan biri Ibrohim Hamroyev degan kompozitor bölardi, şu odam meni musiqaga qiziqtirgan. «Men buni kompozitor qilaman», derdilar doim. Lekin san’at institutiga kelib qolganman. Sohani yaxşilab örganiş maqsadida kunduzgi ta’limga kirganman, lekin meni keçki ta’limga ötkazişgan. Jahlim çiqqan. Ammo bir domla kelib, «jahlingiz çiqmasin, keçki ta’limda juda yaxşi ustozlar dars ötadi, köp narsa örganasiz», deganlar. Rost aytgan ekan. Rahim Sayfiddinov, Arsen Ismoilovlar öqitgan meni.

— Siz öqigan paytlarda talabalarga kino va teatrda işlaşga ruxsat berişmagan. Öşa paytda institutda bunga juda qattiq turişgan. Lekin siz birinçi kursdaligingizdayoq Yoş tomoşabinlar teatrida “Ön sakkiz yoşligim” spektaklida Jöja Xöroz rolini ijro etgansiz. Nega sizga ruxsat berişgan?

— Bilmadim... Men özi institutga kirmasimdan oldin teatrda işlaganman. Lutfulla Sa’dullayev yordamida «Yoş tomoşabinlar» teatriga işga kirganman. Balki şu sababdir.

— Özi aslida talabalarga rollar ijro etişiga ruxsat bermaslik qançalik töğri, bu borada “jabr” körmagan bölsangiz-da, munosabatingiz qanday?

— Töğri deb bilaman bu narsani. Avvalambor, teatr haqida köp narsa bilmagan bir talaba teatr uçun nima qilib beroladi? San’atni ham notöğri tuşunib qolişi mumkin.

— Filmlardagi birinçi rolingiz rejissyor Uçkun Nazarovning «Alangali sohil» filmida bölgan ekan. Öşanda yigirma tört yoşlar atrofida bölgansiz. Öşa payt kastingda qatnaşib rolga tasdiqlanganmisiz? Bu jarayon qanday keçgan?