O‘zbekiston | 08:55 / 17.01.2023
16324
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi barcha ta’lim muassasalarida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi 

Toshkent shahrida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari - maktablar, litsey va kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi.

Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ta’lim obektlaridagi harorat belgilangan me’yorda bo‘lishi nazoratga olinishi aytilgan.

Avvalroq Buxoro, Andijon hamda Xorazm viloyatlaridagi mavjud barcha ta’lim muassasalarida darslar 18 yanvarda emas, 23 yanvarda boshlanishi ma’lum qilingandi. 

Hozircha qolgan hudud hokimliklari ta’til muddatlari uzaytirilishi rasmiy munosabat bilan chiqishganicha yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid