Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 yanvar kuni energiya resurslari ta’minoti böyiça ötkazilgan yiğilişda hokimlar, sektor rahbarlari uyma-uy yurib, aholidan xabar olişlari kerakligi haqida körsatma bergan, şuningdek, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar, jumladan, IIV zimmasiga qator vazifalarni yuklagandi.
Elekt energiyasi ta’minoti
Qayd etilişiça, Toşkent şahrining Yunusobod, Mirzo Uluğbek, Çilonzor, Yaşnobod va Bektemir tumanlarida mavjud imkoniyatlarni işga solib, barça resurslarni adolatli taqsimlaş, muammoli mahallalarda fuqarolarga zudlik bilan yordam körsatadigan tizim yaratiş maqsadida, içki işlar vaziri Pölat Bobojonov boşçiligida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJlarda “Tezkor ştab” va “Işçi guruh”lar faoliyati yölga qöyilib, ular tarkibida kommunal xizmat mutasaddilaridan taşqari, barça sektor rahbarlari jalb etilgan.

“Aholining murojaatlarini qabul qiliş va uni tezkorlik bilan ijroga qaratiş böyiça jami 46 nafar işçilardan iborat 24 soat faoliyat yurituvçi “Call center”lar taşkil etildi. Vazirlik tasarrufiga biriktirilgan tumanlarda jami 92 ta ta’mirlaş guruhlari taşkil etilib (kunduziga 56 ta, tunda 36 ta), 801 nafar xodim mutaxassislar faoliyati yölga qöyildi.
Şu bilan birga, mazkur tumanlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan turli muammoli masalalarni örganiş va fuqarolar orasida tarğibot işlarini olib boriş maqsadida jami 2400 dan oşiq içki işlar organlari xodimlari jalb etildi”, deyiladi IIV axborot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan axborotda.
Örganişlar jarayonida Toşkent şahrida aholi iste’moli uçun, örtaça me’yor bir kunda 31,640 ming kVt soat rejalaştirilgan bölsa-da, amalda 32,411 ming kVt soat, ya’ni rejalaştirilganidan 2,4 foiz köp energiya iste’mol qilinayotgani aniqlangan. Beşta tuman kesimida 14,954 ming kVt örniga amalda 15,354 ming kVt soat, ya’ni 2,6 foiz köp energiya işlatilayotgani aytilmoqda.

Energoresurslar muammo bölib turgan beşta tumanda aniqlangan holatlarga yeçim topiş, aholi iste’moli uçun elektr ta’minotining bir me’yorda yetkazib berilişi hamda avariyalarni keçiktirmagan holatda bartaraf etiş maqsadida tuman elektrtarmoqlari uçun qöşimça ravişda 13 ta AP-17 avtokötargiç, 3 ta avtokran, 13 ta ekskavator, 6 ta energiya tahlili laboratoriyasi, 31 ta maxsus transport vositalari kunlik xizmatga jalb qilingan. Tezkorlikni oşiriş uçun içki işlar organlarining 92 ta maxsus mayoqçali patrul avtomobillari qöşimça biriktirilgan.




















