Prezident raisligida energiya resurslari ta’minoti böyiça ötkazilgan yiğilişda, hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamçilari, yoşlar yetakçilari va xotin-qizlar faollari uyma-uy yurib, aholidan xabar olişlari kerakligi körsatib ötildi.

«Saxovat va kömak» jamğarmasiga yolğiz qariyalar, köp farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatiş, eng oğir hollarda ularni şaroiti bor joylarga joylaştiriş, mahallalarda issiq ovqat tarqatiş punktlarini taşkil etiş topşirildi.

Har bir dehqon bozorida şaroitlarni yaxşilaş va narx-navoni tartibga soliş, yirik korxonalar, ijtimoiy obektlar rahbarlariga xodimlarini uyuşgan holda işga olib kelişga avtobus qatnovlarini taşkil etiş vazifasi qöyildi.

Yonğinning oldini oliş böyiça amaliy va tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş, xonadonma-xonadon isitiş vositalaridan töğri foydalaniş böyiça tuşuntiriş işlarini taşkil qiliş böyiça topşiriq berildi.

Avtomobilga gaz quyiş şoxobçalarida davom etayotgan öğriliklarga barham beriş şartligi ta’kidlandi.

Misol uçun, ötgan haftada birgina Vobkent tumani va Buxoro şahridagi 3 ta şoxobçada 26 million kubmetr (26 milliard sömlik) gazdan yaşirinça foydalaniş holatlari aniqlangan. Uşbu gaz hajmi bilan 44 ming xonadonni yoki bitta katta tuman aholisini 1 oy gaz bilan ta’minlaş mumkin edi.

Boş prokurorning birinçi örinbosari Valiyevga şu masalada tartib örnatiş topşirildi.

Umuman, Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini örganiş va qonunbuzilişlari aniqlangan taqdirda, qat’iy javobgarlikka tortiş topşirildi.

Bugungi yiğilişda Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev, energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev va «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ raisi Farhod Abdurahmonov lavozimidan ozod etildi. Şuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari Uluğbek Mustafoyev, «Öztransgaz» rahbari Behzod Normatov va «Özbekneftgaz» rahbari Mehriddin Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvçi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.

Yiğiliş yakunida tegişli mutasaddilar va hududlar hokimlari hisobot berdi.