«Xalqaro memorial» boşqaruvi a’zosi, tarixçi Irina Şçerbakova ötgan yil oxirida, Rossiya huquqbonlik jamiyati Nobel mukofotini olganda Yevropaning bir qator deputatlari va amaldorlari bilan uçraşgan. U Yevroparlamentda Putin davrida tarixni qayta anglaş va arxivlarni maxfiylik grifidan ozod qiliş işlari bas qilingani, sovet mifi örnida yangi tajovuzkor mafkura vujudga kelganini sözlab bergan.

Quyida Irina Şçerbakovaning çiqişlaridan parçalar keltiriladi.

Muqobilsiz imperializm

Bugun biz absurd tarixiy nuqtada bölib turibmiz, bunda Rossiya hokimiyati bosqinçilik uruşini nafaqat «buyuk» geosiyosiy ötmiş bilan xaspöşlamoqda, aholiga ham şu imperialistik ötmişdan boşqa heç narsa yöqligini mudom singdirmoqda. Ötmişni tasvirlaş uçun Putin öz maqolalari va çiqişlarida «tarix» deb atovçi fantastik töplardan foydalanilmoqda. Bu töplam eng yolğon va eng zaharli tarixiy miflar, aynigan faylasuflarning iqtiboslari, fitna nazariyalari va hokazolardan iborat.

Taassufki, bu psevdotarixiy miflar Rossiya aholisiga öz ta’sirini ötkazmoqda, Ukrainaga qarşi uruşni ma’qullaş va oqlaşga xizmat qilmoqda.

Köpinça Rossiya sovet davriga qaytmoqda, degan gaplarni eşitib qolamiz — garçi bugun «sovet davri» faqat ayrim narsalardagina namoyon bölmoqda va köproq sovet davriga parodiyadek tuyulmoqda. Aslida, bunda «maromiga yetkazilmagan» tarix bilan boğliq ançayin çuqur jarayonlar rol öynamoqda.

Arxiv inqilobi

1980-yillar oxirida, «Memorial» tuzilganida kommunistik ötmiş refleksidan qutula olinmagan, undan töliq voz keçilmagan edi. Bu yillarning muhim şiori jamiyatga siyosiy qatağonlar borasidagi haqiqatlarni oçiş talabi, nihoyat, qurbonlarga yodgorliklar örnatişdan iborat edi. Natijada jamoatçilik sa’y-harakati va «Memorial»ning aralaşuvi bilan 90-yillar boşida davlatning qatağon qurbonlariga munosabatini oydinlaştiruvçi, maxfiylaştirilgan ulkan hujjatlar töplamiga yöl oçuvçi ikkita muhim qonun qabul qilindi. Öşanda bu yetarliça baholanmagan tarix ustida iş olib boriş böyiça izçil jarayonning dastlabki qadamlari ekanligiga işonilgan edi.

Dastlab «Siyosiy qatağonlar qurbonlarini reabilitatsiya qiliş töğrisida»gi qonun (1991 yil oktyabri) qabul qilingan va u 1917 yildan buyon qatağonlarga duçor qilinganlarga nisbatan adolatni tiklay boşladi. Ikkinçi muhim qadam Boris Yelsin 1992 yil 23 iyunida imzolangan «Ommaviy qatağonlar va inson huquqlariga daxl qiliş uçun asos bölgan qonunçilik va boşqa hujjatlardan çeklovçi griflarni olib taşlaş töğrisida»gi farmon böldi. Bunda 1917 yildan 1991 yilgaça sovetlar boşqaruvining hujjatlari maxfiylik grifidan ozod qilindi.