Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BRICS yagona valutasini joriy etishga shoshilishdan ma’no yo‘q – Putin
Uning qayd etishicha, BRICS hisob-kitoblar uchun milliy valutalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi zarur.
Foto: brics-russia2024.ru
Endi yagona BRICS valutasini joriy etishga shoshilishning hojati yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
«Bizda hozir BRICS doirasida yagona valuta yaratish maqsadi yo‘q. Bu shoshilinch jarayon emas», dedi Vladimir Putin India Today telekanaliga bergan intervyusida.
Vladimir Putin, shuningdek, yagona valuta - yevro tizimi joriy etilgan Yevropani misol qilib keltirdi. Ba’zi davlatlar bunga tayyor emas edi va ularda ijtimoiy sohaga oid ayrim masalalarni tartibga solishda muammolar yuzaga keldi, dedi prezident. Uning qayd etishicha, BRICS hisob-kitoblar uchun milliy valutalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi zarur.
Shu yil yanvar oyida AQSh prezidenti Donald Tramp BRICS davlatlariga yangi valuta yaratish va dollardan voz kechishga urinishlari uchun 100 foizlik boj bilan tahdid qilgan edi. Trampning aytishicha, Amerika «dushman davlatlardan» yangi valuta yaratmaslik yoki «qudratli AQSh dollari» o‘rnini bosuvchi boshqa valutani qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini talab qiladi.
BRICS dastlab beshta davlat: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika birlashmasi edi. 2024 yildan boshlab birlashmaga ta’sischi davlatlardan tashqari Misr, BAA, Efiopiya, Eron, 2025 yil yanvaridan esa Indoneziya ham qo‘shildi. Belarus, Boliviya, Kuba, Qozog‘iston, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda, O‘zbekiston va Vetnam tashkilot bilan sheriklik maqomida hamkorlik qilmoqda.
Mavzuga oid
15:58
«Otuvga yoki hibsga tayyorman». NYT Kremlning urushga qarshi bo‘lgan mulozimi haqida
10:55
RFda Putin figuralari sabab haykaltarosh Tilli ishi bo‘yicha sud belgilandi
19:43 / 24.12.2025
Durov Putin 2013 yilda unga Rossiyada emas, balki xorijda biznes yuritishni maslahat berganini aytdi
19:07 / 22.12.2025